Galaxy M30s taqdim etildi: eng sig‘imdor batareyali arzon Samsung smartfoni

  •   DiMaX
  •  5043
  •  18.09.2019 17:41

Galaxy M30s taqdim etildi: eng sig‘imdor batareyali arzon Samsung smartfoni

Samsung kompaniyasi bugun – 18 sentyabr kuni Hindistonda o‘zining navbatdagi – Galaxy M30s modelini namoyish qildi. U joriy yilning yilning fevral oyida taqdim etilgan Galaxy M30 smartfonining yanada yaxshilangan versiyasidir.

O‘QING: Galaxy A20s namoyish kuni, narx va jihatlarini aytayotib, Samsung bir narsada yanglishdi

Samsung Galaxy M30s diagonaliga 6.4 dyuymlik, tomchisimon kemtikli Super AMOLED-displeyga ega, uning tasvir aniqligi esa FHD+ formatida.

Smartfonga kompaniya o‘zining sakkiz yadroli Exynos 9611 protsessorini o‘rnatgan. Smartfon tezkor xotirasi 4 va 6, doimiy xotirasi esa 64 va 128 gigabaytli variantlarda taklif etiladi.

O‘QING: Samsung Galaxy Note 10 va Note 10+'lar Wi-Fi 6 sertifikatiga ega dunyodagi ilk smartfon!

Ushbu qurilmaning asosiy o‘ziga xosligi – naq 6000 mA/soatlik akkumulyatoridir. USB Type-C porti orqali uni 15 vattlik texnologiya bo‘yicha tezkor quvvatlash mumkin.

Shuningdek, Galaxy M30s uchtalik kamerasi bilan ham maqtana oladi, tag‘in ularning asosiysi 48 megapiksellik sensor! Ikkinchi – 8 MPlik sensorga keng burchakli ob’yektiv hamrohlik qiladi, uchinchi – 5 megapikselligi esa sahna chuqurligini aniqlovchi datchikdir. Bosh kamera Super Slow-mo, Super Steady, Hyperlapse funksiyalariga hamda 4K formatida video yozish imkoniga ega.

Samsung selfi ixlosmandlarini ham xafa qilmagan – 16 megapiksellik old kamerasi bor.

Galaxy M30s modelida barmoq izi skaneri ekran ostiga emas, balki an’anaviy tarzda orqa panelga joylangan. Smartfon One UI 1.5 grafik qobig‘i ostidagi Android 9 Pie tizimiga ega, NFC moduli haqida ma’lumot yo‘q.

O‘QING: Yirik smartfon bozorida Samsung allaqachon uchinchi o‘rinda. Undan zo‘rlari kimlar?

Samsung ushbu devaysini 29 sentyabrdan Hindistonda sota boshlaydi, narxi esa xotira hajmiga ko‘ra 195 hamda 240 AQSh dollariga teng. Galaxy M30s uch xil – qora, oq va moviy (Opal Black, Pearl White, Sapphire Blue) ranglardagi korpuslarda taklif etilmoqda.

Bu modelning bizga qachon va qanday narxda yetib kelishi hozircha noma’lum. Terashop.uz internet-do‘konimizda esa allaqachon global bozorga chiqarilgan har xil Samsung telefonlarini 705 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga xarid qilish imkoni bor.

O‘QING: Samsung’ning yangi smartfoni ikki yarim baravarga qimmat – salkam 5000 dollardan sotilyapti!

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!