Galaxy M32 namoyishidan oldin yoqib, ishlatib ko‘rsatilgan anboksing videosi chiqdi

  •   DiMaX
  •  2141
  •  17.06.2021 09:41

Galaxy M32 namoyishidan oldin yoqib, ishlatib ko‘rsatilgan anboksing videosi chiqdi

Samsung kompaniyasi Galaxy M32 rusumli yangi modelini apreldayoq Geekbenchservisida tekshirib ko‘rgan edi. O‘shanda uning ayrim texnik xususiyatlari oshkor etilgan, lekin yetakchi smartfonsoz hanuz mazkur gadjetini taqdim qilganicha yo‘q. Kuni kecha ma’lum bo‘lishicha...

O‘QING: Navbatdagi Samsung «avtonomlik monstri»ning ojiz nuqtasi – aynan akkumulyatorida!

Kuni kecha kvadrokamerali Samsung Galaxy M32 modelining birinchi rasmiy suratlari chiqqan edi. Endi esa mazkur «avtonomlik monstri» ilk anboksing videosini ham tarqatishdi.

Lavhadan ko‘rishimiz mumkinki, uning qadog‘ida smartfondan tashqari foydalanuvchi qo‘lanmasi, quvvatlash adapteri va kabeli mavjud:

Galaxy M32 smartfoni MediaTek Helio G85 protsessoriga, 4 yoki 6 gigabaytlik tezkor, 64 yoxud 128 GBlik doimiy xotiraga ega bo‘lishi aytilmoqda. Samsung uni 21 iyun kuni Hindistonda taqdim etadi.

O‘QING: Galaxy S22’lar haqidagi bu ma’lumotlar Samsung fanatlarini xursand qilmaydi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!