Galaxy M41 o‘rniga Samsung ikkita arzon smartfon chiqaradi

  •   DiMaX
  •  2915
  •  29.09.2020 08:58

Galaxy M41 o‘rniga Samsung ikkita arzon smartfon chiqaradi

Samsung arzon smartfonlar turkumida Galaxy M41 modelini tayyorlab, negadir oxirida undan voz kechgan edi. Uning o‘rniga chiqqan Galaxy M51 esa kompaniyaning eng sig‘imdor akkumulyatorga ega telefoni bo‘ldi.

O‘QING: Galaxy A72 – pentakamerali ilk Samsung smartfoni

Insayderlar xabariga ko‘ra, janubiy koreyalik gigant endi Galaxy M seriyasida yana ikkita smartfonini tayyorlamoqda va ular shu yilning oxirigacha namoyish etiladi. Bulardan birinchisi Galaxy M42 modeli bo‘lib, uning katalog raqami SM-M425F ekanligi aytilmoqda. Arzon turkumga mansub bo‘lsa-da, kompaniya uni 128 gigbaytlik doimiy xotira biln ta’minlaydi.

Samsung tayyorlayotgan ikkinchi arzon smartfon esa Galaxy M12s deb nomlanadi. Katalog raqami SM-M127F bo‘lgan bu gadjetning texnik xususiyatlari haqida hozircha biror ma’lumot yo‘q. Lekin, nomlanishiga qaraganda, u joriy yilda mazkur turkumning eng arzon vakili bo‘ladi va texnik xarakteristikasi ham shunga yarasha «bundayroq» bo‘lishi aniq.

Hozirda ishlab chiqaruvchi yangi – Galaxy F turkumida arzon kamerofonlar turkumiga asos solgan. Mazkur seriyaning birinchi vakili – Galaxy F41 modelining rasmiy namoyish sanasini kompaniya kuni kecha e’lon qilgan. Biz esa taqdimotdan oldin hatto uning anboksing videosini ham e’lon qilganmiz. Bundan tashqari...

O‘QING: Eng antiqa anboksing: Suv tubida Galaxy S20 FE qadog‘ini ochib, o‘zini ishlatib ko‘rsatishdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!