Galaxy M42 5G surati va taqdimot kunini Samsung rasman e’lon qildi

  •   DiMaX
  •  639
  •  16.04.2021 13:57

Galaxy M42 5G surati va taqdimot kunini Samsung rasman e’lon qildi

Yaqinda Samsung o‘zining Galaxy M42 (yoki Galaxy M42 5G) smartfonini Geekbench servisida tekshirib ko‘rgan. Kuni kecha esa unga bag‘ishlab tayyorlangan birinchi tizer ham internetga chiqqan edi, shuningdek...

O‘QING: Galaxy M seriyasidagi ilk 5G-smartfon hatto Galaxy A32 modelidan ham arzon chiqadi!

Ishlab chiqaruvchi Galaxy M42 smartfoniga bag‘ishlab tayyorlangan birinchi reklama posterini e’lon qildi. Unda mazkur turkumning 5G tarmog‘ini qo‘llovchi ilk vakili tashqi ko‘rinishi ham, taqdimot sanasi ham aks ettirilgan.

Shunday qilib, Galaxy M42 5G modelining namoyishi 28 aprel kuni Hindistonda bo‘lib o‘tadi. Rasmiy suratiga qaraganda, Samsung ushbu devaysini old kamera uchun tomchisimon kemtikli displey hamda kvadrokamera bilan jihozlagan.

Kompaniya Galaxy M42 smartfonining texnik xususiyatlarini aytmayapti, lekin bu boradagi ma’lumotlar avvalroq sizib chiqqan. Ularga ko‘ra, mazkur qurilma Galaxy A42 modeliga juda o‘xshash yoki uning aynan kloni bo‘ladi. Uning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan esa mana bu maqolamizda to‘liq tanishib chiqish mumkin.

O‘QING: To‘rt yillik Samsung smartfonlariga ham endi Android 11 o‘rnatish mumkin!