One UI 5'ga yangilanish navbati Galaxy M seriyasiga keldi

One UI 5'ga yangilanish navbati Galaxy M seriyasiga keldi

Garchi Apple'chalik yangilanishlarni o'z smartfonlariga birdaniga yubora olmasa ham, Samsung o'zining Galaxy'lari uchun so'nggi One UI 5 versiyasini juda tez tarqatishga harakat qilmoqda. So'nggi ikki-uch avlod Galaxy S va Note flagmanlari, bir nechta buklamafonlar, Galaxy A seriyasi va hatto, Galaxy XCover smartfoniga ham Android 13'ga yangilagandan so'ng, Samsung endi Galaxy M seriyasiga yuzlandi.

Ma'lum bo'lishicha, Galaxy M52 5G har doimgidek birinchi bo'lib Yevropa mamlakatlarida o'zining M526BRXXU1CVJ7 proshivka versiyali Android 13'ga asoslangan One UI 5 yangilanishini noyabr oyi xavfsizlik yamog'i bilan qabul qilishni boshlagan.

Quyida Samsung shu kungacha One UI 5 yangilanishini tarqatgan Galaxy smartfonlari ro'yxati bilan tanishishingiz mumkin:

  • Galaxy S22 seriyasi
  • Galaxy S21 seriyasi
  • Galaxy S20 seriyasi
  • Galaxy Note 20/Note 20 Ultra
  • Galaxy A73 5G
  • Galaxy A53 5G
  • Galaxy A33 5G
  • Galaxy Z Flip 4
  • Galaxy Z Fold 4
  • Galaxy A73 5G
  • Galaxy Tab S8 seriyasi
  • Galaxy XCover 6 Pro
  • Galaxy M52 5G

O'QING: One UI 6 yangilanishi Galaxy'larga uzoq kutilgan funksiyani beradi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!