Galaxy M53 5G GeekBench ma’lumotlar bazasida paydo bo‘ldi

Galaxy M53 5G GeekBench ma’lumotlar bazasida paydo bo‘ldi

Samsung kompaniyasi Galaxy M52 5G modelini taqdim etganiga yetti oy bo‘lmasdan uning yangi avlodi - Galaxy M53 5G smartfoni GeekBench ma’lumotlar bazasida paydo bo‘ldi. 

GeekBench qurilmaning MediaTek Dimensity 900 chipi va 6GB tezkor xotiraga ega ekanligini ko‘rsatib berdi. Qurilma bir yadroli testda 733 ball, ko‘p yadroli testda esa 2224 ballni qo‘lga kiritdi. Testdagi model Android 12 operatsion tizimiga asoslangan one UI 4 grafik qobig‘iga ishlashi ham ma’lum bo‘ldi. 

O‘tgan yilgi M52 5G modeli 6.7 dyuymli 120Hz chastotada ishlovchi AMOLED displey, 64MP asosiy kamera hamda 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan edi. Hozircha smartfonning texnik ko‘rsatkichlari haqida aniq ma’lumot mavjud emas, biroq yangi qurilmaning texnik jihatlarida avvalgi modelga nisbatan bir qancha o‘garishlar bo‘lishi kutilmoqda. 

O‘QING: Yangi renderlar Galaxy A73 modelining ekran ramkalari yanada ingichkalashganini ko‘rsatib berdi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!