Galaxy Note 10 «kushanda»si Geekbench’da: Burton protsessori va naq 12 GB «operativka»!

  •   DiMaX
  •  1337
  •  28.01.2020 14:19

Galaxy Note 10 «kushanda»si Geekbench’da: Burton protsessori va naq 12 GB «operativka»!

Hozirda eng kuchli va yirik Android-smartfonlar – Samsung o‘tgan yil avgustda taqdim etilgan modellar – Galaxy Note 10 fabletlaridir. Lekin hozirda Lenovo kompaniyasiga qarashli bo‘lgan afsonaviy Motorola brendi uning raqibini tayyorlamoqda.

O‘QING: Samsung allaqachon Galaxy Note 20’larni tayyorlayapti: dizayni va farqlarini rasmlarda ko‘ramiz

Taniqli insayder Evan Bless (Evan Blass) yozishicha, ushbu fablet Motorola Edge Plus deb nomlanadi. Internetda uning render hamda «jonli» rasmlari tarqala boshlagan.

Xuddi Galaxy Note 10 planshetofonlari singari, Motorola Edge Plus ham stilusga ega. Shuningdek, ishlab chiqaruvchi uning old kamerasi uchun displeyning uqori chap burchagida tirqish ochgan.

O‘QING: Eng ommabop 10 smartfon (4-hafta)

Bundan tashqari, Motorola Edge Plus allaqachon Geekbench servisida ham tekshirib ko‘rilgan va quyidagicha ball olgan:

Benchmark ma’lumotlar bazasida aks etishicha, Motorola Edge Plus kodli nomi Burton bo‘lgan noma’lum protsessorga tayanadi. Qurilma 12 gigabaytlik tezkor xotira bilan, Android 10 operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlaydi.

Motorola mazkur smartfonini fevral oyidagi Mobile World Congress 2020 (MWC 2020) tadbirida namoyish etishi mumkin.

O‘QING: AnTuTu’da yangi rekord, lekin bu Galaxy S20 ham, Mi 10 ham emas!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.