Galaxy Note 10 old kamerasi... S Pen stilusiga ko‘chiriladi!

  •   DiMaX
  •  1469
  •  07.02.2019 18:14

Galaxy Note 10 old kamerasi... S Pen stilusiga ko‘chiriladi!

Samsung kompaniyasi Galaxy Note turkumidagi planshetofonlarini maxsus stilus – S Pen bilan taqdim etadi. Mazkur aksessuar kompaniyaning boshqa ayrim gadjetlari bilan ham «kelishib» ishlay oladi va tobora yangi funksiyalar bilan boyitilib kelmoqda.

O‘QING: Samsung Galaxy Note9 S Pen ctilusi bilan ta’minlanadi, Bluetooth ham bor

Galaxy Note 9 modelida yangilangan S Pen o‘zining Bluetooth moduliga ega bo‘lib, smartfonni boshqaruvchi pultga aylana oladi. Kompaniyaning yangi patentiga ko‘ra, stilusning keyingi avlodiga smartfonning kamerasi ham ko‘chirib o‘tkaziladi! Bu esa smartfonning ekranini butkul «tirqish»siz va «kemtik»siz qilishga imkon yaratadi.

USPTO saytidagi patent hujjatlariga ko‘ra, yangi stilus uchun ikki xil variant taklif etilmoqda. Bulardan birinchisida kamera ob’yektivi stilusning yuqori uchida joylashgan, lekin bu noqulaylik tug‘diradi: tushib ketganda sinish ehtimoli yuqori. Ikkinchi talqinda esa S Pen’ning kameraning «ko‘zcha»si yon tomonida bo‘lib, yorug‘lik yo‘nalishini o‘zgartiruvchi prizma bilan ta’minlangan.

Stilusning shakli esa korpus ichiga yanada murakkabroq optik tizimni joylashga imkon beradi. Taxminga ko‘ra, Samsung unga optik zum mexanizmini o‘rnatadi va uni tugmacha yordamida boshqarish mumkin bo‘ladi.

Samsung ushbu patent uchun arizani hali 2017 yilning fevralidayoq topshirgan ekan. Ehtimol, optik zumga ega kamerali S Pen stilusini u Galaxy Note 10 bilan birga taqdim etar.

O‘QING: Selfi-kamerasi korpus ichidan chiquvchi ilk Samsung smartfoni – Galaxy A90 suratlarda!