Galaxy Note 10 suratlarda: 6,66 dyuymlik ekran, to‘rttalik kamera va tugmachasiz korpus

  •   DiMaX
  •  2048
  •  24.05.2019 15:42

Galaxy Note 10 suratlarda: 6,66 dyuymlik ekran, to‘rttalik kamera va tugmachasiz korpus

Samsung kompaniyasi yozning oxirrog‘ida taqdim etilishi kutilayotgan Galaxy Note 10 haqida hali biror rasmiy ma’lumot bergani yo‘q. Shunga qaramasdan, turli manbalar ushbu planshetofonning turfa jihatlari haqida xabarlar berishmoqda.

O‘QING: Galaxy Note 10 ikki versiyada chiqyapti – bittasi ixchamroq va arzonroq!

Hozirgi kunlarda insayderlar Galaxy Note 10 fabletining ayrim xususiyatlarini aytish bilan birga, render suratlarini ham tarqatishmoqda. Jumladan, uning diagonaliga 6,66 dyuymlik ekrani tomonlari o‘zaro 19:9 nisbatda, akkumulyatori esa 4300 mA/soatlik bo‘ladi. Taqqoslash uchun: Galaxy Note 9 displeyi 6,4 dyuymlik, batareyasi 4000 mA/soatlik edi.

Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, Galaxy Note 10 modelida moddiy tugmachalar bo‘lmaydi, stilusning o‘ziga ham kamera o‘rnatiladi. Ayrim renderlarda ushbu planshetofon old kamerasi ekrandagi tirqishga joylanib, qo‘sh modulni o‘z ichiga oladi.

O‘QING: Samsung eng antiqa dizaynli smartfonni tayyorlayapti, lekin bu Galaxy Fold yoki Galaxy Note 10 emas!

Shuningdek, Galaxy Note 10 bir qancha versiyada chiqadi, ulardan biri beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini ham qo‘llab-quvvatlaydi. Ayni shu – eng qimmat modelida (ba’zi xabarlarga ko‘ra – barchasida) bosh kamera to‘rt modulli bo‘lishini ham aytishmoqda.

Samsung ushbu qurilmasini avgust oyida namoyish etishi kerak, uning boshqa bir qator telefonlarini esa atigi 451 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: Galaxy S10+ 5G bilan bellashuvchi Galaxy A70 ham Terashop.uz’ga yetib keldi! Samsung smartfonlari narxlari (2019 yil 7 may)

Samsung yoki boshqa ishlab chiqaruvchining smartfonini ishlatayotgan bo‘lishingizdan qat’i nazar, biz sizga omadingizni sinab ko‘rishni taklif qilamiz! Ayni damda 2 iyunga qadar sizda Xiaomi kompaniyasining ajoyib fitnes-brasleti – Mi Band 3 yutib olish imkoniyati mavjud.

Buning uchun YouTube-kanalimizga a’zo bo‘lib, ushbu video ostiga izoh yozib, «Yoqdi» tugmachasiga bossangiz kifoya. G‘olib esa saytimizning Facebook-sahifasi orqali jonli efirda aniqlanadi va ushbu omadli insonga sovg‘a o‘zi yashab turgan viloyat markazigacha bepul yetkazib beriladi! Bu haqdagi batafsil ma’lumotni mana bu yerda olishingiz mumkin.

O‘QING: Galaxy A70S – kamerasi 64 megapiksellik birinchi smartfon!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!