Galaxy Note 20 hali sotuvga chiqmasdanoq bulturgi Galaxy Note 10’ga mag‘lub bo‘ldi!

  •   DiMaX
  •  1793
  •  15.08.2020 16:26

Galaxy Note 20 hali sotuvga chiqmasdanoq bulturgi Galaxy Note 10’ga mag‘lub bo‘ldi!

Samsung kompaniyasi shu oy boshida Galaxy Note 20 hamda Galaxy Note 20 Ultra smartfonlarini namoyish qilgan edi. Lekin taqdimotda u mazkur fabletlarning bir jihatiga oydinlik kiritmay ketganligi bejiz emas ekan...

O‘QING: VIDEO: Galaxy Note 20’larning bulturgi flagmandan ham qolishuvchi jihatini Samsung sir tutgan ekan!

Fabletlarning har ikkalasi uchun ham taqdimotdan keyinoq avvaldan buyurtma ochilgan va dunyoning turli hududlaridan xaridorlar chiqmoqda. Lekin ularning vatanidagi manbalarning yozishicha, Galaxy Note 20 hamda Note 20 Ultra modellari uchun Janubiy Koreyada olinayotgan buyurtmalarning cho‘g‘i ancha past. Kechagi sana – 14 avgustgacha ular uchun oldindan olingan buyurtmalar o‘tgan yilgi Samsung Galaxy Note 10 planshetofonlar turkumiga solishtirganda bu yaqqol seziladi.

14 avgustgacha Samsung Galaxy Note 20 hamda uning Ultra-versiyasi uchun 117 000 tacha oldindan buyurtma rasmiylashtirilgan. Bulturgi fablet uchun esa shuncha muddat ichida bundan 1 300 taga ko‘p avvaldan buyurtma olingan edi. Yangi smartfonlarning ochiq savdosi 21 avgustga mo‘ljallangan; balki o‘sha kungacha ular uchun buyurtmalar ham ko‘payib qolar.

Yana manbalarning xabar berishicha, nisbatan qimmat bo‘lgan Galaxy Note 20 Ultra modeli ommaboproq – olinayotgan oldindan buyurtmalarning 65 foizi aynan shu smartfonga to‘g‘ri kelyapti. Tahlilchilar zamonaviy me’yorlarga ko‘ra ayni shu modelni to‘laqonli flagman, deb hisoblashyapti. Uning sherigi – standart Galaxy Note 20 esa korpusi plastikdan ekanligi, kamerasi zaifligi hamda simsiz quvvatlash texnologiyasi yo‘qligi bois tanqidlarga uchramoqda.

O‘QING: Galaxy S20 seriyasidagi arzon flagman chiqmay turib hafsalani pir qildi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.