Galaxy Note 20 Ultra bo‘lmaydi, deyishgandi. Lekin u ilk bor internetga chiqdi!

  •   DiMaX
  •  867
  •  04.06.2020 09:55

Galaxy Note 20 Ultra bo‘lmaydi, deyishgandi. Lekin u ilk bor internetga chiqdi!

Samsung kompaniyasi avgustda Galaxy Note 20 turkumidagi fabletlarini namoyish etishi kutilmoqda. Unga standart modeldan tashqari Galaxy Note 20+ ham kiradi, lekin Galaxy Note 20 Ultra bo‘lmaydi, deyishayotgan edi.

O‘QING: Galaxy Note 20 Ultra'dan umidingizni uzavering!

Lekin ushbu qurilma yaqindagina SM-N986U model raqami ostida Bluetooth SIG tashkilotida sertifikatsiyadan o‘tdi. Unda hatto smartfonning nomi ham «Galaxy Note 20 Ultra» deb aniq-tiniq ko‘rsatib qo‘yilgan!

Bu sertifikatsiya Galaxy Note 20 Ultra modelining Bluetooth 5.0 interfeysini qo‘llab-quvvatlashini tasdiqlaydi, xolos – uning texnik xususiyatlari haqida ma’lumot bermaydi.

O‘QING: Samsung Galaxy Note20'larning iPhone 12'larni yer tishlatadigan jihati nima bo‘lishini bilasizmi?

Ammo taniqli tarmoq informatori Ice Universe fikricha, Bluetooth SIG ma’lumotlar bazasi xatoga yo‘l qo‘ygan va mazkur qurilma Galaxy Note 20+ nomi bilan chiqadi. Bu smartfon avvalroq GeekBench servisida tekshirib ham ko‘rilgan:

Ushbu qurilma hali rasman taqdim etilmagan Snapdragon 865+ protsessoriga, naq 16 gigabaytgacha tezkor va 512 gigabaytgacha ichki xotira bilan chiqadi. Uning diagonaliga 6,9 dyuymlik, FullHD+ formatli ekrani esa 120 gerslik chastotada kadr yangilanishini qo‘llab-quvvatlaydi.

O‘QING: Samsung «o‘ldirib bo‘lmas» Galaxy S20 taqdim etdi, lekin uni hech kim sotib ololmaydi! (+video)