Galaxy Note 20 Ultra kamerasi iPhone 11 Pro Max va boshqa Samsung flagmanlariga qarshi

  •   DiMaX
  •  3017
  •  20.08.2020 16:01

Galaxy Note 20 Ultra kamerasi iPhone 11 Pro Max va boshqa Samsung flagmanlariga qarshi

Zamonaviy smartfonlar, xususan, flagman modellarga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri – kamerasi zo‘r bo‘lishidir. Xo‘sh, Samsung kompaniyasining eng so‘nggi va zo‘r fableti bu borada qanaqa ekan?

O‘QING: Galaxy Note 20’da allaqachon nuqson chiqa boshladi!

Phone Arena nashri mutaxassislari Galaxy Note 20 Ultra smartfonining suratga olish imkoniyatlarini kompaniyaning avvalgi flagmanlari – Galaxy S20 Ultra hamda Galaxy Note 10+ modellari, shuningdek, asosiy raqobatchining eng zo‘r smartfoni – iPhone 11 Pro Max bilan taqqoslab ko‘rishdi. To‘g‘ri, buni smartfonlar kameralarining professional tavsifi deb bo‘lmaydi, lekin baribir ularni o‘zaro solishtirish uchun yaxshi imkoniyatdir.

Aytish kerakki, Galaxy Note 20 Ultra hamda Galaxy S20 Ultra olgan suratlar mutlaqo bir xil, ular orasida hatto mayda detallarda ham farq sezilmaydi.

Testlar natijasiga ko‘ra smartfonlarning suratkashlik mahoratlari quyidagicha baholangan:

Galaxy Note 20 Ultra — 8,7 ball;

Galaxy S20 Ultra — 8,6 ball;

Galaxy Note 10+ — 8,3 ball;

iPhone 11 Pro Max — 8,1 ball.

Ko‘rib turganingizdek, farqlar aytarli katta emas, lekin Apple’ning eng qimmat smartfonida ham telefoto kamerasi raqiblarnikidan qolishadi. Ayrim sahnalarda esa hatto o‘tgan yilgi Galaxy Note 10+ barchasidan ustun kelgan.

Phone Arena o‘tkazgan tajriba, undagi to‘liq o‘lchamli suratlar bilan batafsil tanishmoqchi bo‘lsangiz, uchun mana bu havola orqali tegishli (inglizcha) sahifaga o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Apple’dan ham avval Samsung xasislikni boshladi: Galaxy Note 20 qadog‘idan muhim aksessuarni olib qolishyapti!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.