Galaxy Note 20 Ultra’ni ilk «jonli» rasmlarda har tomonlama ko‘rsatishdi!

  •   DiMaX
  •  2058
  •  07.07.2020 09:45

Galaxy Note 20 Ultra’ni ilk «jonli» rasmlarda har tomonlama ko‘rsatishdi!

Ayni damda eng kutilayotgan smartfonlar – Galaxy Note 20 turkumidagi fabletlardir. Samsung yaqinda o‘z rasmiy saytiga ulardan birining suratini chiqarib, yana yashirib qo‘ygan.

O‘QING: Shokka tayyor turing: Galaxy Note 20’lar va Galaxy Fold 2 narxlari e’lon qilindi!

Shu paytgacha render suratlarda ko‘rsatilib kelgan Galaxy Note 20 Ultra modelining birinchi «jonli» rasmlari bugun – 7 iyulga o‘tar tunda tarqaldi. Orqa paneli bilan birga stilusni ham ko‘rsatishgan.

Mazkur qurilmaning 108 megpiksellik asosiy datchikk eg bo‘lgan bosh kamerasi 50 karralik optik zumga ega.

O‘QING: Samsung hali taqdim etilmagan, «yashirin kamera»li Galaxy Note 20’ni endi «jonli» videoda ko‘rsatdi!

Samsung Galaxy Note 20 Ultra korpusining o‘ng qirrasidan ovozni sozlash va smartfonni o‘chirib-yoqish tugmachalari joy olgan.

Gadjetning selfi-kamerasi romsiz displeyning yuqori qismi o‘rtasidagi tirqishga joylangan yakka datchikdan iborat.

Samsung yangi avlod fabletlarini 5 avgust kuni, Samsung Unpacked tadbirida namoyish etib, 27 avgustda sotuvga chiqarishi kutilmoqda.

O‘QING: Yer dumaloq, Galaxy Note 20 esa ...

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!