Galaxy Note 20’da allaqachon nuqson chiqa boshladi!

  •   DiMaX
  •  2433
  •  17.08.2020 17:56

Galaxy Note 20’da allaqachon nuqson chiqa boshladi!

Samsung yaqindagina namoyish qilgan fabletlar – Galaxy Note 20 hamda Galaxy Note 20 Ultra smartfonlarini o‘z yurtidagi ilk xaridorlar aallaqachon qo‘llariga olishdi. Lekin janubiy koreyalik texnogigant bu gal ham yangi devaysini benuqson qilib chiqara olmabdi.

O‘QING: Galaxy Note 20 hali sotuvga chiqmasdanoq bulturgi Galaxy Note 10’ga mag‘lub bo‘ldi!

Janubiy Koreyada yangi Galaxy Note 20 flagmanini sotib olgan muxlislardan biri tez orada uning kamerasi «terlab» ketayotganini payqab qolgan. O‘ziyam bosh kameradagi har uchala sensor ob’yektivi ichqari tomondan chiqqan bug‘dan xiralashgan:

Eng qizig‘i shundaki, foydalanuvchi bu smartfonini allaqachon Samsung rasmiy servis markaziga olib borgan. U yerdagilar esa buni ko‘rib, kameraning terlashi hech qanaqa nuqson emasligini va mazkur devays kafolat bo‘yicha bepul sozlab yoki almashtirib berilmasligini aytishgan!

O‘QING: Xizmat ko‘rsatish markazlarida sizni qanday qilib laqillatishadi?

Odatda smartfon korpusi ichida namlik mavjud bo‘lsa, haroratning keskin o‘zgarishida shu kabi «terlash» holati yuz beradi. Galaxy Note 20 egasi buning natijasida unda olingan suratlar o‘ta xira bo‘lib chiqayotganini ham ko‘rsatgan:

Aytish kerakki, mazkur holat yuzasidan Samsung hali rasman ommaviy javob bergani yo‘q. Foydalanuvchi bu holat haqida xabar tarqatganidan so‘ng, ehtimol, kompaniya endi jiddiyroq e’tibor qaratar.

Qolaversa, hozircha bittagina Galaxy Note 20 smartfonida shu nuqson kuzatilgan, boshqa qurilmalarda uchramasligi ham mumkin.

O‘QING: Galaxy S20 seriyasidagi arzon flagman chiqmay turib hafsalani pir qildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!