Galaxy Note 20'lar Samsung'ning hafsalasini pir qilmoqda

Galaxy Note 20'lar Samsung'ning hafsalasini pir qilmoqda

Janubiy Koreyadan berilgan xabarlarga ko‘ra, Samsung'ning flagman toifadagi Galaxy Note 20 lineykasi smartfonlari savdolari yaxshi emas. Bu haqda GSMArena xabar bermoqda.

Insayderlarga ko‘ra, koreyalik kompaniya oktyabr oyida 900 ming dona Galaxy Note 20/20 Ultra smartfonlarini ishlab chiqarishni rejalagan edi, biroq ushbu qurilmalarga bo‘lgan talab kutilganidan past bo‘lgani bois rejani o‘zgartirib, 600 mingta Note flagmanlarini ishlab chiqarishga to‘g‘ri kelgan.

Manbaning ma’lum qilishicha, ushbu ko‘rsatkich ham bazaviy model Galaxy Note 20, ham Galaxy Note 20 Ultra'ga taalluqli. Taxminlarga ko‘ra, arzonroq Note 20'ning unumdorligi kutilganidek darajada emasligi savdolar hajmi kamligiga sabab bo‘lishi mumkin.

Samsung choraklik hisobotlarida joriy yilning uchinchi choragidagi operatsion foydasi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 50% o‘sganini ma’lum qilgandi, ammo Note 20'lar savdosi yaxshi bo‘lmayotgani bois kompaniya ushbu natijani to‘rtinchi chorakda ham saqlab qola olmasligi mumkin.

Ikkinchi tomondan olib qaralsa, Note 20'larni ishlab chiqarish hajmining kamayishi Janubiy Koreyadagi zavodlarning Galaxy S21'larni ishlab chiqarishga tayyorgarlik ko‘rishiga imkon yaratishi mumkin. Xabarlarga ko‘ra, navbatdagi S seriya flagmanlar birinchi bosqichda 2 million dona ishlab chiqariladi.

O‘QING: Samsung tasodifan Galaxy Note 20 turkumidagi yangi smartfonni «sotib» qo‘ydi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.