Galaxy Note 20’ni ilk suratlarda, yana Galaxy Note 10 bilan taqqoslab ham ko‘rsatishdi

  •   DiMaX
  •  845
  •  14.07.2020 09:47

Galaxy Note 20’ni ilk suratlarda, yana Galaxy Note 10 bilan taqqoslab ham ko‘rsatishdi

Shu kungacha Galaxy Note 20 Ultra modelining sifatli va «jonli» suratlarini, hattoki «jonli» videosini ham ulashganmiz. Lekin standart fablet – Galaxy Note 20 modelining rasmlari chiqmagan edi.

O‘QING: Shokka tayyor turing: Galaxy Note 20’lar va Galaxy Fold 2 narxlari e’lon qilindi!

Ice Universe nikli mashhur tarmoq informatori, nihoyat, Samsung Galaxy Note 20 (standart versiyadagi) smartfonining ham render suratini e’lon qildi:

Standart versiyadagi Galaxy Note 20 modeli katta sherigi – Galaxy Note 20 Ultra planshetofonidan ko‘ra sal boshqacharoq. Avvalo, uning ekranining yon romlari enliroq, qolaversa, displey chekkalari qayrilma emas, balki tep-tekis. Daktiloskopik datchigi ekranga integratsiya qilingan, orqa paneldagi bosh kameraning uchta sensori hamda LED-fotochaqnoq to‘rtburchak blokda joylashgan.

O‘QING: Samsung Galaxy Note20'larning iPhone 12'larni yer tishlatadigan jihati nima bo‘lishini bilasizmi?

Shu bilan birga, insayder Galaxy Note 20 modelini o‘z «ajdod»i – Galaxy Note 10 bilan qiyoslab ham ko‘rsatgan. Unga ko‘ra, bu yilgi fabletning bo‘yi unikidan taxminan 1 santimetrga baland.

Har ikkala model ham kadr yangilanishi 60 gerslik FullHD+ ekranlarga ega. Bulturgi planshetofon ekranining chetlari qayrilgan, bu yilgisida esa Samsung negadir bu yechimdan voz kechgan.

O‘QING: Samsung fanatlarining hafsalasini pir qiluvchi xabar

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!