Galaxy Note 5 Dual SIM: 3 kun ichida e’tiborni zabt etgan gadjet

Galaxy Note 5 Dual SIM: 3 kun ichida e’tiborni zabt etgan gadjet

Samsung Galaxy Note 5 Dual SIM smartfoni to‘g‘risida 2015 yilning 13 avgust kuni Samsung’ning Nyu York shahrida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Galaxy S6 Edge+ smartfoni bilan birga e’lon qilingan edi. U Samsung Galaxy Note 4 gadjetining vorisi hisoblanadi.

U avgust oyida ilk marotaba Tailand, Tayvan va Singapur davlatlarida sotuvga chiqdi. Joriy yilning yanvar oyidan boshlab kompaniya qurilmani xalqaro bozorga olib chiqmoqda.

Dizayn

Galaxy S6 kabi Galaxy Note 5’ning qobig‘i yaxlit metall karkas bilan o‘rab olingan. Korpusning orqa tomonida charm o‘rniga shisha xomashyosidan foydalanilgan. Qurilma uslubi va dizaynida asosan metalldan foydalanilgan. Smartfon korpusi orqa qismining chetki tomonlari tutishga qulay bo‘lishi uchun yuqoriga tomon qayrilgan.

Batafsil

Uning 5.70 dyuymli Super AMOLED displeyining piksellar sig‘imi 1440x2560 belgiga teng bo‘lib, har dyuymdagi belgilar soni 518 ta. Ekran Corning Gorilla Glass 4 himoya shishasiga ega.

Galaxy Note 5 Dual SIM gadjeti 1.5 GGs chastota asosida ishlaydigan, 4Gb tezkor xotiraga ega 8 yadroli Exynos 7420 protsessori bilan ta’minlangan. Uning 32GB va 64GB ichki xotirasini kengaytirishning imkoni yo‘q. Ammo 2015 yilning dekabr oyida e’lon qilingan gadjetning “Qishki talqin”ida 128GB qo‘shimcha xotirasi mavjud.

Aqlli telefonning bosh kamerasi 16 megapikselli surat olish qobiliyatiga ega. Old kamera esa 5MP. Kamera suratning optik barqarorligi, avtofokus funksiyalariga, shuningdek LED fotochaqnoqqa ega.

Qurilma Android 5.1.1 (Lollipop) operatsion tizimida faoliyat ko‘rsatadi.

Samsung Galaxy Note 5 Dual SIM quvvat toshi – akkumulyatorining elektr quvvati sig‘imi 3000 mAs va bu akkumulyator ajralmasdir. Uni to‘la quvvatlab, 3G aloqa tarmog‘ida 22 soatgacha suhbatlashish yoki 64 soat musiqa tinglash mumkin.

Smartfonning o‘lchamlari: 153.20 x 76.10 x 7.60 (bo‘yi x eni x qalinligi). Gadjet 171 gramm tosh bosadi.

Ikki SIM-kartali  Galaxy Note 5 ikkita GSM Nano-SIM kartani qo‘llab-quvvatlaydi. Smartfon tizimiga barmoq izlari skaneri orqali kirish mumkin.

Mobil aloqa vositasi Wi-Fi, GPS, Bluetooth, NFC, 3G, 4G aloqa tarmoqlarida faoliyat ko‘rsatadi.

Qurilma ob’yektning unga nisbatan yaqin yoki uzoqligi to‘g‘risida ma’lumot uzatuvchi Proximity Sensor (masofa oralig‘i) datchigi, ekran osti yorug‘likni mustaqil ravishda belgilab beruvchi light sensor (yorug‘lik sensori) datchigi,   foydalanuvchiga qurilmani to‘g‘ri holatda ushlash aniqligini ko‘rsatuvchi Accelerometer (mo‘ljal olish sensori) datchigi, mobil qurilmaning muayyan makondagi holati, biror jism bilan oraliq masofasini aniqlovchi Gyroscope qadamo‘lchagich kabi ichki datchik-sensorlar bilan ta’minlangan.

2015 yilning 20 avgust kuni Samsung kompaniyasi Janubiy Koreyada Note 5 va S6 Edge+ smartfonlarini e’lon qilgan bo‘lsa, oradan uch kun o‘tib – 23 avgust kuni kompaniya mamlakat bo‘ylab sotilgan ushbu qurilmalar soni 75 mingtadan oshganini e’lon qildi.

Xalqaro bozor va foydalanuvchilar fikr va mulohazalari o‘rganilganda, ushbu smartfon dizayni, tasvir namoyishi va tezkorligiga ko‘ra,   10 balldan 8.7 olgan.

Amazon internet do‘konida 32GB qo‘shimcha xotiraga ega Samsung Galaxy Note 5 Dual SIM qurilmasi yetkazib berish xarajatlari bilan birga $678.98 dollardan sotilmoqda.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!