Galaxy Note 7 (FE) samaradorlikda bu yilgi flagmanlarni “changda qoldirdi”

Galaxy Note 7 (FE) samaradorlikda bu yilgi flagmanlarni “changda qoldirdi”

Taniqli GeekBench ma’lumotlar bazasida qayta tiklangan Samsung Galaxy Note 7, ya’ni bozorga Galaxy Note FE nomi bilan tushirilayotgan smartfon platformasining samaradorligiga oid ma’lumotlar qayd etildi.

Unga ko‘ra, Samsung Galaxy Note FE flagmaniga Exynos 8890 protsessori, 4 GB tezkor xotira o‘rnatilgan va flagman Android 7.0 operatsion tizimi bazasida faoliyat ko‘rsatadi.

Samsung Galaxy Note FE 1 yadroli ishlash rejimida benchmarkda 1950 ball to‘plagan. Ya’ni, bu borada fablet bu yilgi Android-flagmanlar, jumladan Samsung Galaxy S8, Xiaomi Mi 6, HTC U11 va Xperia XZ Premium kabi smartfonlarni ortda qoldirgan.

Biroq, Galaxy Note FE samaradrlikda iPhone 7’dan ortda. Apple gadjeti 1 yadroli ishlashda 3512 ball to‘plagan.

Moto-z-2017-3

Shuningdek, ko‘p yadroli ishlashda ham Galaxy Note FE yaxshi natija ko‘rsatgan va Oppo R11 va Sony Xperia XZ Premium kabi flagmanlardan o‘zib ketgan.

Galaxy Note FE fableti iyulning oxirlarida sotuvga chiqariladi. Samsung kompaniyasi Galaxy S8 va Galaxy S8+ flagman modellari savdosiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi uchun ham ularni hozircha ushlab turibdi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.