Galaxy Note 7 kutilganidan 5 dollar qimmatroqqa sotilmoqda

Galaxy Note 7 kutilganidan 5 dollar qimmatroqqa sotilmoqda

Samsung o‘tayotgan haftada o‘zining qayta tiklangan Galaxy Note 7 fabletini Janubiy Koreya smartfon bozorida sotuvga chiqardi. Telefon apparatining 64 GB doimiy xotirali talqini $625 dollardan sotilmoqda, ya’ni yangi iPhone 7’dan 25 dollarga arzon. Devaysning $620 dollardan sotilishi taxmin qilingan edi.

Insayderlarning qayta tiklangan Galaxy Note 7 modelining “Galaxy Note 7R” deb atalishi to‘g‘risidagi xabarlari o‘z isbotini topmadi. Undan so‘ng bu talqin FE (Fandom Edition), ya’ni “chinakam muxlislar talqini” sifatida nomlanishi haqida xabarlar haqiqatga yaqinroq bo‘lib chiqdi.

Samsung Galaxy Note FE’ning hozircha doimiy xotirasi 64 GB bo‘lgan versiyasi bozorga chiqarilgan. Smartfon Android 7.0 boshqaruvida ishlaydi.

Uning akkumulyator sig‘imi 3200 mA•soatgacha kamaytirilgan. Boshqa jihatlari asl Galaxy Note 7’niki bilan bir xil: IP68 sertifikatiga ega jahondagi «Note» turkumiga kiruvchi ilk fablet 5.7 dyuymli ulkan va nafis ekranga ega. Super AMOLED platformasida ishlaydigan ekranning har ikki tomoni «edge» turkumidagi gadjetlar kabi yon tomonga bukilgan. Ekran QHD (har dyuymda 518 piksel).
Bosh kamera 12 MP va uning ob’yektivida ham Galaxy S7 smartfonlari kabi qo‘sh-pikselli texnologiya tatbiq etilgan. U suratni optik barqarorlashtirish tizimiga ega. Bu kamerada 2160p (4K) sig‘imli video yozish mumkin.

Note7’ga 8 yadroli Exynos 8 yoki Snapdragon 820 protsessori, 256 GB.gacha fleshkani o‘qiydigan microSD xotirani kengaytirish bo‘lmachasi o‘rnatilgan.

Eslatib o‘tamiz, akkumulyator bilan nosozlik oqibatida kelib chiqayotgan yong‘inlar sabab Samsung jahon bo‘ylab 2,5 mln dona Galaxy Note 7 smartfonini ortga chaqirib olgan edi.