Galaxy Note 8 bilan birga AirPods raqibi ham chiqadi

  •   DiMaX
  •  1246
  •  22.07.2017 12:23

Galaxy Note 8 bilan birga AirPods raqibi ham chiqadi

Samsung kompaniyasi ayni damda Bixbyni qo‘llab-quvvatlovchi simsiz quloqchinlar ustida ishlarini yakunlamoqda. Bu to‘g‘rida bir insayder Etnews nashriga ma’lum qilgan, deb yozadi PhoneArena nashri.

Samsung kompaniyasi o‘zining Galaxy S8 hamda S8+ smartfonlari bilan birga Bixby – shaxsiy yordamchisini ham taqdim etgan edi. Endilikda u kompaniyaning boshqa devayslariga ham tatbiq etadigan bo‘lyapti. Jumladan, Bixby endi Samsung’ning navbatdagi smart-qurilmalari – aqlli kolonka va simsiz quloqchinlarga ham joriy etiladi.

Aytish kerakki, AirPods simsiz quloqchinlarga raqib sifatida taqdim etilayotgan Samsung simsiz quloqchinlari Bluetooth 5.0 standartini qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, unda shovqinlarni faol bostirish funksiyasi ham bo‘ladi – suhbat davomida narigi tomondagi suhbatdosh faqat quloqchin orqali gaplashayotgan foydalanuvchining ovozinigina eshitadi.

Xabarga ko‘ra, simsiz aqlli quloqchinlar Galaxy Note 8 qurilmasining jamlanmasida keluvchi aksessuar bo‘lishi kutilmoqda. Ular alohida tarzda savdoga chiqariladimi yo yo‘qmi – bunisi hozircha noma’lum. Shuningdek, yangi gadjetning narxi masalasiga ham oydinlik kiritilmagan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!