Galaxy Note 8 bilan birga ilg‘or treker ham taqdim qilinadi

Galaxy Note 8 bilan birga ilg‘or treker ham taqdim qilinadi

Evan Blass, IT-olamida "Evleaks" nomi bilan tanilgan ekspert Gear Fit 2 Pro — Samsung'ning yangi bilak-gadjetiga oid ma’lumotlarni e’lon qildi.

"Aqlli braslet"ning 23 avgustda bo‘lib o‘tadigan Galaxy Note 8 taqdimoti mobaynida namoyish etilishi taxmin qilinmoqda. Gadjet old paneli qayrilma AMOLED-displeydan iborat.

Gear Fit 2 Pro suvdan himoyalanganlik bo‘yicha kuchli bosimga dosh beradi va 5 ATM darajasini olgan bo‘lib, u bilan bemalol 50 metrgacha chuqurlikdagi suv tubiga tushish mumkin. Bu borada devays avvalgi modellarga qaraganda ancha ilg‘or. Shuningdek, Gear Fit 2 Pro'da suzish bilan shug‘ullanuvchi profesionallarga mo‘ljallangan Speedo On maxsus ilovasi ham mavjud.


Elektron brasletga xos yana bir o‘ziga xos jihat — Spotify musiqiy xizmatini  offlayn-rejimda ham qo‘llab-quvvatlashidir. Gear Fit 2 Pro "ajdodi" kabi, GPS-modulga ega bo‘lgan. Brasletni iOS hamda Android operatsion tizimida ishlaydigan gadjetlarga ulash mumkin, shuningdek sport ilovalari ishlab chiqaruvchi Under Armour kompaniyasining raqamli xizmatlariga bir yillik obuna bo‘ladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!