Galaxy Note 8 hamda iPhone X’ning foto va video suratga olishi o‘zaro taqqoslandi (+video)

  •   DiMaX
  •  2065
  •  06.11.2017 12:58

Galaxy Note 8 hamda iPhone X’ning foto va video suratga olishi o‘zaro taqqoslandi (+video)

Bugungi kunda yetakchi smartfonsozlar sifatida ko‘pchilik Samsung hamda Apple kompaniyalarini e’tirof etadi. Bu ikkalasining so‘nggi flagmanlari – Galaxy Note 8 va iPhone X modellarining kamerasini o‘zaro qiyoslab, SuperSaf TV nomli YouTube-kanaliga joylashdi.

Ta’kidlash o‘rinliki, har ikkala gadjetning umumiy xususiyatlari ko‘p, jumladan, suratga olish bo‘yicha ham. Janubiy koreyalik texnogigantning fableti ham, kupertinolik korporatsiyaning «yubiley ayfoni» ham 12 megapikselli qo‘shaloq kamera bilan jihozlangan. Mazkur kameralar keng burchakka hamda ikki karrali optik zum imkoniyatli teleob’yektivga ega. Bundan tashqari, bozorga chiqarilgan smartfonlar orasidan hozircha faqatgina iPhone X va Galaxy Note 8 modellarida qo‘shaloq kameraning har ikkala moduli ham tasvirni optik barqarorlashtirish funksiyasiga ega.

Mana, mazkur kameralarning suratga olish imkoniyatlari quyidagi videorolikda o‘zaro solishtirilgan holda aks ettirilgan:

Yuqoridagi videolavhadan kelib chiqib, ayrim muhim jihatlarni sanab o‘tish mumkin:

Apple hozirgacha, 4K sifatida video suratga ola biladigan smartfon ovozni albatta mono tarzida yozishi kerak, degan fikrda. Galaxy Note 8 old kamerasi katta ko‘rish burchagiga hamda kengroq dinamik diapazonga ega. Shuningdek, koreyalikning flagmani, o‘z an’anasiga sodiq qolgan holda, tasvirni aslidagidan ko‘ra yorqinroq va ranglarga boyroq qilib suratga oladi. iPhone X esa ranglarni haqqoniy aks ettiradi. Yetarlicha yoritilmagan sharoitlarda Galaxy Note 8 o‘z raqibidan birmuncha ustunligi namoyon bo‘ldi. Portret rejimi har ikkala smartfonda ham yaxshi, ammo qoyilmaqom emas.

O‘QING: Kameralar jangi: Samsung Galaxy Note8 va iPhone 8 Plus