Galaxy Note 8: taqdimot & sotuvga chiqarilish vaqti, narxi va jihatlari, eng so‘nggi ma’lumotlar

Galaxy Note 8: taqdimot & sotuvga chiqarilish vaqti, narxi va jihatlari, eng so‘nggi ma’lumotlar

Samsung kompaniyasi rahbariyati Galaxy Note 7 "merosxo‘ri"ning avgust oyi oxirida taqdim qilinishini tasdiqladi. Bu to‘g‘rida koreyalik gigantning mobil bo‘linmasi prezidenti Gao Dongjen (Gao Dongzhen), ya’ni taqdimotlardan bizga yaxshi tanish bo‘lgan Di.Djey. Koh (D.J. Koh) Tayvanda o‘tayotgan tadbirda ma’lum qilgan.

Insayderlar bungacha 8-avlod Galaxy Note gadjeti 2017 yilning 23 avgustida Nyu-Yorkda taqdim qilinishini yozishayotgan edi.


Bosh-menejerning tasdiqlashicha, Samsung Galaxy Note 8 taqdimoti avgust oyi yakunida reja qilinmoqda. Shuningdek, Di.Djey. Kohning ma’lum qilishicha, fabletning savdosi 2 bosqichda tashkil qilinadi. Sentyabrda tashkil qilinadigan 1-bosqichda Galaxy Note 8 AQSh, Buyuk Britaniya hamda Koreya Respublikasida sotuvga chiqariladi. Oktyabr oyida boshlanadigan sotuvning ikkinchi bosqich esa flagman jahonning boshqa bozorlarida sotuvga chiqariladi.

Hozirgacha ma’lum xabarlarga ko‘ra, Samsung Galaxy Note 8 ekrani "ajdodlari"ga nisbatan yirik bo‘lib — diagonali 6,3 dyuymli displey bilan ta’minlanadi. Galaxy S8 kabi, yangi gadjet uchun Infinity Display ekran dizayni tanlanadi va uning tomonlar nisbati ham 18.5:9 hajmli, Super AMOLED matritsali ekranning piksellar sig‘imi Quad HD+ (2960 x 1440 belgi) bo‘ladi.

Samsung Galaxy Note 8 fabletiga xos yana bir muhim jihat -- unga Qualcomm Snapdragon 835 (Snapdragon 836) yoki Samsung'ning Exynos 8895 protsessori, 6 GB tezkor va 256 gigabaytgacha bo‘lgan doimiy xotira o‘rnatiladi.


Galaxy Note 8 smartfoni Samsung'ning qo‘sh ob’yektivli bosh kameraga ega ilk mobil telefoni bo‘lishi kutilmoqda. Samsung Galaxy Note 8 kamerasi 12 megapikselli keng burchak ostida suratga oluvchi modul hamda 13 megapikselli telefoto-modul birikmasidan iborat bo‘ladi. Bu modulda 3 karralik yaqinlashtirish texnologiyasi joriy qilinadi. iPhone 7 Plus funksiyasi ham xuddi shu texnik asosda ishlaydi. Shuningdek, fabletdagi akkumulyator sig‘imining 3300 mA soat bo‘lishi, smartfon Android 7.1.1 Nougat operatsion tizimida ishlashi aytilmoqda.

Galaxy Note 8 Samsung tarixidagi eng qimmat smartfon bo‘ladi. Uning bahosi Koreyada 1000 dollar, Yevropada 1100 dollarni tashkil qilishi kutilmoqda.

16 iyulda Samsung uchun aksessuar va g‘ilof ishlab chiqaruvchi Dbrand kompaniyasi Galaxy Note 8 gadjetining quyidagi renderini e’lon qildi.


Suratga ko‘ra, fabletning orqa panelida gorizontal joylashgan qo‘sh sensorli bosh kamera mavjud. U bilan yonma-yon LED‑fotochaqnog‘i, yurak urishini nazorat qiluvchi va barmoq izlari skanerining datchigi o‘rin olgan. Old panelda esa Samsung Galaxy S8/S8+ flagmanlaridagi kabi «tuganmas» displey joriy qilingan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!