Galaxy Note 8 va iPhone 7 Plus: qay biri yaxshiroq?

  •   DiMaX
  •  1733
  •  16.02.2018 15:28

Galaxy Note 8 va iPhone 7 Plus: qay biri yaxshiroq?

Janubiy koreyalik texnogigantning mobil qurilmalari orasida hozirda eng ilg‘ori – Galaxy Note 8 fableti hisoblanadi. Aniqrog‘i, u nafaqat Samsung telefonlari ichida, balki umuman bozordagi Android-smartfonlar orasida tengsizdir.

O‘QING: Hindistonda "Yilning flagman smartfoni" ma’lum qilindi

Galaxy Note 8 ulkan va yorqin displeyi, ilg‘or protsessori, optik zumga va tezkor avtofokusga ega qo‘shaloq kamerasi kabi jihatlariga ko‘ra barcha iPhone’lardan ustundir. Unda quloqchin uchun 3,5 millimetrlik tirqish ham, ikkita SIM-karta yoki xotira kartasi uchun slot ham bor – bular foydalanuvchiga tanlash imkonini taqdim etadi. Garchi batareyasi nisbatan tezroq bo‘shab qoladigan bo‘lsa-da, tezkor quvvatlash texnologiyasi sharofati bilan 70 daqiqadayoq uning akkumulyatorini to‘ldirish mumkin.

Umuman olganda, Samsung’ning mazkur fableti ko‘p jihatdan ayfonlardan ustunliklarga ega.

O‘QING: Ring: Galaxy Note 8'ning iPhone X'ga yo‘nalgan 6 ta aniq zarbasi

Ushbu fablet qiymati doirasidagi narxlarda uning asosiy raqibi – Apple’ning iPhone 7 Plus smartfonini xarid qilish ham mumkin. Xo‘sh, mazkur ayfonning koreyaliklar flagmanlaridan ustun jihatlari nimalarda?

Garchi umumiy afzalliklar – qulay iOS interfeysi, tezkor yangilanishlar, afsonaviy Apple ekotizimi kabilarni hisobga olmaganda ham, nisbatan eski iPhone 7 Plus modeli yangi Galaxy Note 8’dan to‘rtta xususiyatiga ko‘ra baland keladi. Keling, shularga bir nazar solamiz.

O‘QING: iPhone 7 Plus: Kuchli. Ishonchli. Qimmatbaho. | To‘liq tavsif

  1. Korpusi Galaxy Note 8’nikidan ko‘ra yaxshiroq

Agarda asfalt yoki betonga tushib ketmasa, iPhone 7 Plus’ning metalldan yasalgan korpusiga hech nima bo‘lmaydi. Galaxy Note 8’da esa unaqa emas – mazkur fabletning shisha korpusi nisbatan tez sinadi. Qolaversa, uni ta’mirlash ham qiyin va ko‘p vaqtni oladi; hali nisbatan yangi model ekanini hisobga olsak, uning ehtiyot qismlarini topish ham mushkul. Yettinchi ayfonning «plyusli» modelini ta’mirlash va unga ehtiyot qismlar topish esa unchalik mushkullik tug‘dirmaydi.

  1. iPhone 7 Plus’ning ovozi yaxshiroq.

Ushbu parametr qurilmalarning dinamiklariga ham, jamlanmaning o‘zidagi quloqchinlarga ham tegishli. Samsung’ning fableti har ikkalasida ham raqibidan ortda qoladi, unga hatto AKG garniturasi ham yordam yuera olmaydi. iPhone 7 Plus’ni esa kolonka sifatida ham, pleyer tarzida ham (tag‘in hatto standart AirPods bilan) qo‘llasa bo‘ladi. iPhone’larda ovoz chiqarish etalon darajasida, bu fakt bilan kelishmaslikning iloji yo‘q.

  1. Akkumulyatori ko‘proq vaqtga yetadi.

Bu jihatiga ko‘ra ham yettinchi avlod ayfonning qo‘li baland keladi. To‘laqonli foydalanish sharoitlarida ham, iPhone 7 Plus’ni sutkada bir marta, yoki uxlashga yotayotgan payt quvvatlasa yetarli. Galaxy Note 8 esa bunday ishlatishda kechki paytga borib, batareyasi bo‘shaydi. To‘g‘ri, benda operatsion tizimning optimizatsiyasida ham gap ko‘p, ammo akkumulyator sig‘imi – bu misolimizda hal qiluvchi omil. Axir, bunday ulkan va yorqin ekranli qurilma uchun 3300 mA/soat kamligi kunday ravshan-ku. Ehtimol, bunday «ixcham» batareya qo‘yish bilan Samsung mazkur qurilmalarini portlashdan himoyalagandir.

  1. Ergonomik tomondan afzal.

Hammasi oddiy: garchi sal qiyinchilik bilan bo‘lsa-da, iPhone 7 Plus bitta kaftga o‘rnashadi va uni shu qo‘lning o‘zi bilanoq boshqarish mumkin. Galaxy Note 8 modelida esa bunaqa emas – uni kaftga joylashtirishning mutlaqo imkoni yo‘q.

Xulosalar

Kimgaki dizayn, hayratlanarli tashqi ko‘rinish, ulkan ekran va ko‘p narsani ulash erkinligi muhim bo‘lsa, Samsung Galaxy Note 8 aynan ularga mos.

Apple iPhone 7 Plus esa – ishonchli va chidamli, katta displey va ajoyib ovoz tizimiga ega smartfonni tanlaydiganlar uchundir.

To‘g‘ri, bu xulosalarga qo‘shilmaydiganlar ham ko‘plab topiladi, zero, hech kimning fikri mutlaq haqiqat bo‘lmasligi ham tabiiy-ku. Ayniqsa, Apple va Samsung ishqibozlari orasidagi bahslarda yoki iOS hamda Android tarafdorlari o‘rtasidagi tortishuvlarda biror tomonni to‘la g‘olib, deb aytish mushkul.

O‘QING: iOS va Android ziddiyati: boshi berk ko‘cha