Galaxy Note 9: «jonli» surat yangi tugmachani va yana ayrim jihatlarni fosh etdi

  •   DiMaX
  •  1342
  •  11.06.2018 10:22

Galaxy Note 9: «jonli» surat yangi tugmachani va yana ayrim jihatlarni fosh etdi

Samsung kompaniyasining to‘qqizinchi avlod fableti har yilgi Galaxy Note modellaridan sal oldinroq taqdim etilishidan xabaringiz bor. Uning turli texnik xususiyatlari allaqachon ma’lum bo‘lib ham ulgurgan.

O‘QING: Samsung’ning yangi flagmani Geekbench’da rekord o‘rnatdi!

Taniqli insayder Ice Universe kuni kecha Samsung Galaxy Note 9 uchun tayyorlangan g‘ilofning «jonli» rasmini e’lon qildi. Bu surat mazkur smartfondagi asosiy kameraning hamda barmoq izi skanerining joylashuvini oshkor etdi.

Ko‘rib turganingizdek, ushbu qurilmaning qo‘shaloq kamerasida sensorlar yonma-yon joylashadi. Kamera blogining pastida – uning qoq o‘rtasida esa daktiloskopik datchik o‘rin oladi.

Aytish kerakki, yaqindagina Samsung Galaxy Note 9 fabletining kompyuterda ishlangan modeli videosi chiqqandi. Unda ham kamera va barmoq izi sensori ayni shunday joylashgani ko‘rsatilgan.

O‘QING: Yangi video Galaxy Note 9 dizaynini to‘liq fosh etdi!

Ammo bu videoda aks etmagan yana bitta jihatni g‘ilofdan anglab olish qiyin emas. Gap shundaki, Note 9 korpusining qirralarida ovozni sozlash, smartfonni o‘chirib-yoqish hamda Bixby ovozli yordamchisini chaqirish tugmachalaridan tashqari, yana bitta tugmacha bo‘lar ekan. Kuzatuvchilar uning suratga olish tugmachasi ekanini taxmin qilishmoqda.

Mana, bu tugmacha o‘rnini Samsung Galaxy Note 9 fableti g‘ilofining kompyuterda tayyorlangan modelida yaqqolroq ko‘rish mumkin:

Samsung Galaxy Note 9 planshetofonining taqdimoti 9 avgust kuni Nyu-Yorkda taqdim etilishi kutilayotir. Kompaniyaning allaqachon savdoga chiqarilgan ko‘plab modellardagi smartfonlarini esa o‘zimizning Terashop.uz onlayn do‘konimiz orqali xarid qilishingiz mumkin.

O‘QING: XUShXABAR: Terashop.uz internet-do‘konimiz ishga tushdi! O‘zbekiston bo‘yicha eltib beriluvchi Samsung smartfonlarining 570 000 so‘mdan boshlangan narxlari (2018 yil 8 iyun)