Galaxy Note 9’da dastur yangilanishi: qanday yangiliklar bor?

Galaxy Note 9’da dastur yangilanishi: qanday yangiliklar bor?

Ayni damda Samsung'ning 2019 yildagi eng yaxshi smartfonlaridan biri bo‘lgan Galaxy Note 9 Android'ning Pie versiyasi taqdim etilganidan so‘ng yanada kuchli qurilmaga aylangan edi. Endilikda esa ushbu planshetofon foydalanuvchilarida kameraning "Tungi rejim" (Night mode) funksiyasiga ega bo‘lish imkoni paydo bo‘ldi.

Tizim yangilanishida, shuningdek, iyun oyi xavfsizlik patchi va Bixby orqali QR-kodni skaner qilish funksiyalari ham taqdim qilinadi. O‘tgan haftada yangilanishni boshlagan S9 va S9+ flagmanlarida ham xuddi shu yangilanishlar bor edi va Note 9 ham endi bunday funksionallikka ega bo‘ladi.

Hozirgacha faqat S10 da mavjud bo‘lgan Live Focus kamera effekti tizim yangilanishidan so‘ng S9 va Note 9 smartfonlarida ham paydo bo‘ladi.

Yangilanishdan so‘ng sizning Note 9'ingizda 4 ta kamera effekti: Blur, Spin, Zoom va Color Point'lar mavjud bo‘ladi. Shuningdek, jonli fokusga boke effektini qo‘shish mumkin bo‘ladi⁠ — rasm S10'da olingandek chiqadi. Biroq tasvirga ishlov berish uchun katta quvvat talab qilingani bois, buni S10'dagi kabi Note 9 yoki S9'larda real vaqt rejimida amalga oshirib bo‘lmaydi. Rasm olinganidan so‘ng, unga jonli fokus effektini qo‘shib, "Fon effektini o‘zgartirish" opsiyasini tanlash bilan kutilgan natijaga erishiladi.

Germaniyadagi foydalanuvchilar allaqachon N960FXXU3CSF9 versiyali 704 MB hajmdagi yangilanishni qabul qilishmoqda. Boshqa mamalakatlar foydalanuvchilari ham yaqin fursatlar ichida yangi dasturiy yangilanishidan bahramand bo‘lishlari mumkin. Samsung, odatda, avval Exynos chipli qurilmalarni, ana undan so‘ng, Snapdragon'larni yangilaydi.

Shuni ham ta’kidlash kerakki, Tungi rejim qo‘shilishi bilan bir qatorda, Note 9 kamerasining bir qator kichik jihatlari ham takomillashtirilgan. Agar Sizga hali tizim yangilanishi kelmagan bo‘lsa, "Sozlamalar"dagi “Tizim yangilanishi” bo‘limiga kirib, yangilanishni tekshirib ko‘rishingizni maslahat beramiz.

O‘QING: Hamyonbop Galaxy A90 flagmani eng kutilayotgan texnologiyadan mahrum ekan!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!