Galaxy Note 9'ning davri o'tdi

Galaxy Note 9'ning davri o'tdi

Bir necha kun oldin Samsung o'z smartfonlariga 2022-yilning sentabri uchun xavfsizlik yangilanishini va u haqidagi ma'lumotlarni chiqardi. Janubiy Koreya kompaniyasi ushbu yangilanish haqidagi veb-saytda u yuborilayotgan qurilmalar ro'yxatini taqdim qilgan. Ma'lum bo'lishicha, ro'yxatga yangi Galaxy Z Fold 4 va Flip 4 buklamafonlarini qo'shilgan, shu bilan birga, Galaxy Note 9 modeli olib tashlangan.

Bu bilan Samsung kompaniyasi o'zining to'rt yillik smartfonlaridan biri, Galaxy Note 9 modeli uchun ortiq xavfsizlik yangilanishini ham chiqarmasligini yoxud uni qo'llab-quvvatlashni butunlay to'xtatayotganini bilish mumkin.

Galaxy Note 9 smartfoni 2018-yilning avgust oyida, Android 8.1 bilan chiqarilgan edi. U 2019-yilda Android 9, 2020-yilda esa Android 10'ga asoslangan One UI 2.5 dasturiy ta'minot yangilanishlarini qabul qilgan edi. Keyinchalik esa, smartfon faqat choraklik xavfsizlik yangilanishini qabul qilishda davom etdi. Bugungi kunga kelib esa, u "o'yindan chiqarildi". 

Shuningdek, Samsung o'zining Galaxy Note 10 seriyasidagi smartfonlarini ham "lavomizini" pasaytirdi. Endilikda Galaxy Note 10 va Galaxy Note 10+ har oy emas, balki har chorakda xavfsizlik yangilanishlarini qabul qilishda davom etadi. Aytish kerakki, ular joriy yil boshida Android 12'ga asoslangan One UI 4 yangilanishini qabul qilishga ulgurishgan.

O'QING: Motorola yana bir flagman smartfonni taqdim etdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!