Galaxy Note10+ iPhone 11 Pro Max'ga yutqazdi(mi)?!

Galaxy Note10+ iPhone 11 Pro Max'ga yutqazdi(mi)?!

Yaqindan buyon, DxOMark mutaxassislari nafaqat smartfonlar kameralarini, balki ularning ovoz tizimini ham sinovdan o‘tkazmoqda.

Kuni kecha, sinov navbati eng yaxshi kamerali telefonlar ro‘yxatida to‘rtinchi o‘rinni egallab turgan Samsung Galaxy Note10+ 5G'ga keldi.

Qizig‘i shundaki, Samsung flagmani ovoz sifati reytingida ham to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

Devays 66 ball to‘pladi. Reytingda yuqori o‘rinlarni 71 ball bilan iPhone 11 Pro Max, 74 ball bilan iPhone XS Max va 75 ball bilan Huawei Mate 20X egallagan.Ballarga yaxshiroq e’tibor bersak, ko‘rishimiz mumkinki, smartfonga musiqa ijrosi uchun 68, ovoz yozib olish sifati uchun esa 61 ball berilgan.

Qurilmani sinovdan o‘tkazgan mutaxassislar ijroda past chastotalar va ovoz balandligining biroz yetishmasligini, shuningdek, tovush tonlari muvozanati yaxshi emasligi, shovqinni filtrlashdagi kamchiliklar va ovoz yozib olishdagi buzilishlarni qayd etishdi.

Husan Qodirov tayyorladi.

O‘QING: Akkumulyator avtonomligi: Apple iPhone 11 Pro Max vs Galaxy Note10+. Bu safar qaysi biri yutdi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!