Galaxy Note10 mashhur rassom nomi bilan ataladi: dastlabki tafsilotlar ma’lum

  •   Saroy
  •  752
  •  12.09.2018 12:40

Galaxy Note10 mashhur rassom nomi bilan ataladi: dastlabki tafsilotlar ma’lum

Samsung o‘zining keng ekranli Galaxy Note10 flagmanining yangi avlodini yaratayotgani ma’lum bo‘ldi.  Qurilma buyuk rassom va kashfiyotchi Da Vinci  kod nomini oldi. Chamasi, nom berilishida qurilmaning innovatsiyaga tayanganligi va  rasm chizish uchun yangi S Pen funksiyaga egaligiga ishora qilingan bo‘lsa kerak.

Bundan tashqari, yuqori texnologiyalar bo‘yicha faoliyat yuritayotgan  axborot manbalarida aytilishicha, komplektatsiyasiga qaraganda, Galaxy Note10  «Domoy» tugmachasi bo‘lmagan Infinity Display romsiz displeyga ega bo‘ladi. Chamasi, shu yo‘l bilan, qurilmaning odatdagi dizayni saqlanib qolsa kerak. S Pen’ning yashash sikli ham (Note9 bilan yangilangan) taxminan 2-3 yilga mo‘ljallangan.

O‘QING:Qarshi oling: Samsung Galaxy Note X – mutlaqo romsiz ekranida barmoq izi skanerli smartfon!

Darvoqe, yaqinda  Galaxy S va Note lineykasi bittaga qurilmaga birlashtirilishi mumkinligi haqda xabar berilgan edi. Galaxy Note10 haqidagi xabarlarning tarqalishi esa, Samsung’ning ushbu g‘oyadan voz kechganini bildiradi. Qolaversa, yangi yilda S10’ning bir yo‘la uchta modeli hamda Galaxy F egiluvchan smartfoni namoyish etilishi mumkinligi hisobga olinsa, kompaniyaning flagman portfeli shundog‘am to‘liq bo‘ladi, deyavering.

O‘QING:Samsung smartfonlarini Terashop.uz’dan xarid qiling va SD-kartani sovg‘aga oling! (2018 yil 31 avgust)