Galaxy Note10'ning hamyonbop talqini Note10 Lite deb ataladi. Bu hali hammasi emas!..

Galaxy Note10'ning hamyonbop talqini Note10 Lite deb ataladi. Bu hali hammasi emas!..

Kuni kecha Galaxy Note10'ning hamyonbop talqini chiqayotgani haqida xabar berib o‘tgan edik

Aslini olib qaraganda, Galaxy Note10 lineykasida arzon smartfon ham bo‘lishi haqidagi mish-mishlar avgustdagi taqdimotdan oldin tarqalgan edi. Vaholanki, Samsung faqatgina ikkita qurilmani taqdim qilganidan so‘ng, ko‘pchilik hamyonbop Note10 bo‘lmas ekan-da, degan xulosaga kelgan edi. 

Biroq "Shamol bo‘lmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi", deganlaridek, mish-mishlar to‘g‘ri bo‘lib chiqdi. Ishonchli manbaning ma’lum qilishicha, rostdan ham hamyonbop Note10 chiqadi va Samsung unga Galaxy Note10 Lite deb nom berdi. Devaysning model raqami SM-N770F ekanligi allaqachon tasdiqlangan bo‘lsa-da, uning texnik jihatlari haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. Lite versiya nimasi bilan Lite bo‘lishini bilmasak-da, smartfonda S-Pen bo‘lishiga kafolat bor. Har holda, u ham Note oilasi a’zosi.

Bu hali hammasi emas...

Note10 Lite haqida xabar tarqatgan manba Galaxy S10 Lite ustida ham ishlanayotganini aytmoqda. Xayriyatki, bu smartfon haqida ma’lumot bor. Xayriyatki, bu ma’lumotlar kishini xursand qiladi!

Akkumulyator sig‘imi 4 500 mA/soat bo‘lgan S10 Lite smartfoni 45 vattli tezkor quvvatlash texnologiyasiga ega bo‘lib, xuddi Galaxy A91 kabi Snapdragon 855 chipida ishlaydi. Xotirasi 8/128GB bo‘ladi. Orqa kamera moduli 48 megapikselli asosiy, 12 megapikselli o‘ta keng burchakli va 5 megapikselli sath kameralaridan tuzilgan bo‘lsa, selfi kamera 32 megapikselli bo‘ladi. Displey sifatida esa 6,7 dyuym diagonalli Full HD+ rezolyusiyasidagi panel o‘rnatiladi.

Mana, ma’lumotlar bilan ham tanishib chiqdik. Qizig‘i, smartfonning texnik jihatlari S10'niki bilan deyarli bir xil (kameredan tashqari), hatto undan yaxshiroq. Lekin nega u Lite deb atalmoqda? Mana shu bizni qiziqtirmoqda. Balkim, ishonchli manba bu safar adashgandir... 

Demak, xursand bo‘lishga hozircha erta! Yanada ko‘proq ma’lumotlar oshkor bo‘lishini kutamiz.

O‘QING: Shoshiling! Galaxy Note10+ ni 500 dollar arzonroqqa sotib olsangiz bo‘ladi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!