Galaxy Note7 portlaganiga ikki yil bo‘ldi, lekin gadjetdan hamon foydalanishmoqda

  •   Saroy
  •  1218
  •  26.07.2018 15:21

Galaxy Note7 portlaganiga ikki yil bo‘ldi, lekin gadjetdan hamon foydalanishmoqda

Smartfonlar sanoatida eng katta mojaro Samsung Galaxy Note7 bilan bog‘liq  desak aslo yanglishmagan bo‘lamiz. Mazkur modelning akkumulyatorida paydo bo‘lgan muammo tufayli kompaniya barcha smartfonlarini chaqirib olishga va foydalanuvchilarga tavon to‘lashga to‘g‘ri kelgandi.

O‘QING:Dunyodagi ilk 146-dyuymli MicroLED-televizori sentyabrda sotuvga chiqadi

2017 yilning yanvariga kelib,  Galaxy Note7 qurilmalarining 96 foizidan ko‘pi Samsung’ga qaytarilgan edi, biroq ayrim smartfon egalari ushbu qurilmani shunchalik yoqtirib qolishdiki, natijada undan ajralishni aslo istamadi. Endi esa ular o‘sha “portlagan” gadjetlarning ta’sirli suratlari bilan internetda o‘rtoqlashmoqda. Hatto, ishlab chiqaruvchi “ushbu qurilma xavfsizlikka tahdid soladi”, deb ogohlantirishiga qaramay, ular gadjetdan foydalanishda davom etmoqda.

O‘QING:Samsung ham, Razer va Xiaomi kabi, o‘yinbop smartfon chiqarmoqchi – bu Galaxy X bo‘ladimi?

Savol tug‘iladi,  bu tavakkal nima uchun?

Agar siz Galaxy Note7’ni shu qadar yoqtirar ekansiz, istagan vaqtda Samsung Galaxy Note Fan Edition’ni xarid qilishingiz mumkinku? Chunki u Galaxy Note7 detallaridan yig‘ilgan. Mazkur gadjet kichikroq batareyaga (3200 mAch) ega bo‘lgan hamda  Galaxy Note7’dagi Snapdragon 820 o‘rniga Snapdragon 821 chipi bilan ta’minlandi.

Bundan tashqari, Samsung Galaxy Note8 chiqqaniga ham bir yildan oshdi, Galaxy Note9’ning taqdimotiga esa ikki haftadan oz vaqt qoldi. Xo‘sh, foydalanuvchilar ushbu “xavfli” va texnik jihatdan eskirgan qurilmani hatto, rasman qaytarish dasturi e’lon qilinganiga qaramay  tutishda davom etayotganiga qanday sabab bo‘lishi mumkin?

O‘QING:O‘zbekistonda sotilayotgan barcha smartfonlar narxi (2018 yil 23 iyul) – Olcha.uz’da O‘zbekiston bo‘ylab BEPUL yetkazib beriladi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!