Galaxy Note'lar haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritildi

Galaxy Note'lar haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritildi

Samsung kompaniyasi kelasi oy o‘zining Galaxy S21 lineykasini taqdim qilish arafasida turibdi. Hozirga qadar bizga ayon bo‘lgan ma’lumotlarga ko‘ra, S21 Ultra va Z Fold3 smartfonlari S Pen stilusi bilan ishlay oladi. Ushbu xabardan kelib chiqib, Galaxy Note flagmanlarini ishlab chiqarish to‘xtatiladi, degan mish-mishlar tarqalgan edi.

Biroq Janubiy Koreyadan berilgan xabarlar ushbu norasmiy ma’lumotni rad etdi. Kompaniya vakili kelasi yil uchun navbatdagi Galaxy Note flagmanlari tayyorlanayotganini ma’lum qildi.

Samsung smartfon biznesi prezidenti Te Mun Ro «Galaxy Note amaliyoti ko‘proq mahsulotlarga joriy qilinishi mumkin»ligini oshkor qildi, lekin bu endi Galaxy Note'lar ishlab chiqarilmaydi, degani emas.

O‘QING: Exynos 2100 protsessorli Galaxy S21+ hamda S21 Ultra flagmanlarini Geekbench’da taqqoslab ko‘rsatishdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!