Galaxy One – har tomonlama «sharshara» ekranli ilk smartfon!

  •   DiMaX
  •  3719
  •  18.11.2019 15:45

Galaxy One – har tomonlama «sharshara» ekranli ilk smartfon!

Samsung kelasi yildan Galaxy S hamda Galaxy Note turkumlarini yangi – Galaxy One turkumiga birlashtirishi haqida xabarlar chiqqan edi. Biroq keyingi ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya baribir Galaxy S11, S11 Plus hamda S11e (yoki Galaxy S11 Lite) modellarini tayyorlamoqda.

O‘QING: Barcha modellardagi Galaxy S11’larning ekran o‘lchamlari va yana ikkita zo‘r jihati ma’lum bo‘ldi

Bular bilan birga, 2020 yildan janubiy koreyalik gigant Galaxy One turkumida ham flagman smartfonlar taqdim etadi, deyishmoqda manbalar. Samsung Display bo‘linmasining AQSh Patentlar va savdo belgilari idorasiga topshirgan patent arizasida ushbu turkumning ilk vakili chizmalari aks etgan.

LetsGoDigital resursi esa ushbu chizmalar hamda tavsiflar asosida Galaxy One renderini taqdim etdi:

Guvohi bo‘layotganingizdek, Samsung One ushbu smartfonining ekranini har to‘rt tomonidan ham qayrilgan ko‘rinishda ishlagan. Ta’kidlash kerakki, «sharshara» ekranlar tendensiyasini Vivo NEX 3 5G boshlab bergan, keyin shunday konstruksiya Huawei Mate 30 flagmanida ham paydo bo‘lgan edi. Lekin ularning displeyi ikki tomonidangina qayrilgan, yetakchi smartfonsoz esa yanada ilgarilab ketgan.

Galaxy One taqdimot vaqti hozircha noma’lum, hozirgacha sotuvga chiqqan aksariyat Samsung telefonlarini esa 705 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga Terashop.uz onlayn do‘konimizdan xarid qilish mumkin.

O‘QING: Galaxy A01 – eng arzon smartfonlarga qarshi Samsung taklifi tayyor!