Galaxy S smartfonlari tarixida katta o‘zgarish

Galaxy S smartfonlari tarixida katta o‘zgarish

O‘tgan oy oxirida Samsung "Project Diamond" kod nomi ostida Galaxy S23 smartfonini ustida ishlayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Bugun Koreyalik manbalardan birining xabar berishicha, Samsung o‘zining bo‘lajak yuqori darajadagi smartfonlari uchun MediaTek chipsetlaridan foydalanishi mumkin. Ma’lum bo‘lishicha, kompaniya MediaTek chipsetlarini faqat Galaxy S22 FE (Fan Edition) smartfonlarining yarmida va Osiyoda sotiladigan Galaxy S23 smartfonlarida ishlatadi.

Janubiy Koreya kompaniyasi o‘zining yuqori darajadagi smartfonlari uchun shu vaqtgacha faqat Qualcomm va Exynos chipsetlarini, o‘rta darajadagi smartfonlari uchun esa MediaTek chipsetlarini o‘rnatib kelgan edi. Agar berilgan ma’lumotlar to‘g‘ri bo‘lsa, Samsung ilk marotaba o‘zining premium smartfonlari uchun MediaTek chipsetidan foydalanayotgan bo‘ladi.

Shuni ham ta’kidlash kerakki, hozirda Samsung o‘zi ishlab chiqaradigan Exynos chiplarini ommalashtirishda qiynalmoqda. Hatto, kompaniya o‘zining shu yil boshida chiqargan Galaxy S22 smartfonlari uchun ham Qualcomm chipidan foydalangan.

O‘QING: Galaxy S20 FE smartfoni qayta tirildi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.