Galaxy S10 5G o‘z kuchini ko‘rsatdi: atigi 30 soniyada 10 GB kontent!

  •   DiMaX
  •  2204
  •  15.03.2019 12:24

Galaxy S10 5G o‘z kuchini ko‘rsatdi: atigi 30 soniyada 10 GB kontent!

Samsung kompaniyasi shu yilning 20 fevralida Galaxy S10 turkumidagi yubiley flagmanlarini namoyish etgan edi. Ular orasida Galaxy S10, Galaxy S10+ va Galaxy S10e smartfonlaridan tashqari, beshinchi avlod uyali aloqa tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlaydigan Galaxy S10 5G modeli ham bor.

O‘QING: Galaxy S10 va S10+ benchmarklarda iPhone XS Max’ga qarshi: kutilmagan natijalar!

Samsung kompaniyasi Galaxy S10 5G modelini hali shu yilning yoz oylarida sotuvga chiqaradi. Ammo uning imkoniyatlarini allaqachon sinovlardan o‘tkazib ko‘rsatishmoqda. Jumladan, Janubiy Koreyada beshinchi avlod uyali aloqa tarmoqlarini joriy etayotgan SK Telecom operatori ushbu flagmanning internet tezligini tekshirib ko‘rdi.

Testlar jarayonida Samsung Galaxy S10 5G yuksak tezlikda – soniyasiga 2,63 Gbit ma’lumot almasha olishini namoyon etdi. SK Telecom vakillarining tasdiqlashlaricha, 10 gigabaytlik kontentni ular mazkur smartfon yordamida atigi yarim daqiqada ko‘chirib olishgan!

Eslatib o‘tamiz, yaqinda amalga oshirilgan sinovlarda Huawei Balong 5000 modemi undan ham ancha yuqori – 3,29 Gbit/soniyalik tezlikni namoyon etgan.

Samsung’ning aksariyat smartfonlari qatori, Galaxy S10 hamda Galaxy S10+ flagmanlarini ham allaqachon Terashop.uz internet-do‘konimizdan onlayn usulda sotib olish mumkin. Xususan, shu kunlarda xarid qilsangiz, «Bahor kayfiyati» aksiyasi doirasida yutuqqa ega bo‘lish imkoni ham yuzaga keladi!

O‘QING: Nihoyat, Galaxy S10+ ham Terashop.uz’ga keldi! Samsung smartfonlari narxlari (2019 yil 13 mart) – aksiyasi ham bor!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!