Galaxy S10+ avtonomlikda iPhone XS Max’ga yengildi, lekin ikkalasini ham boshqa xitoylikning bulturgi flagmani «yer tishlatdi»!

  •   DiMaX
  •  2614
  •  06.03.2019 13:36

Galaxy S10+ avtonomlikda iPhone XS Max’ga yengildi, lekin ikkalasini ham boshqa xitoylikning bulturgi flagmani «yer tishlatdi»!

Janubiy koreyaliklarning so‘nggi flagman smartfonlari ko‘plab yangi texnologiyalarga ega, ammo avtonomligi – batareyasining uzoq vaqtga yetishi qanaqa ekan? PhoneArena mutaxassislari shu masalaga oydinlik kiritish maqsadida, bir nechta smartfonsozlarning flagmanlari batareyalarini maxsus tajribada tekshirib ko‘rishdi.

O‘QING: Galaxy S10+ tannarxi aniqlandi: Samsung uni ikki baravardan oshiqqa sotyapti!

Tajribada barcha smartfonlar bir xil sharoitlarda sinab ko‘rishdi va unda Galaxy S10+ to‘liq batareya bilan 7 soatu 59 daqiqa ishlay oldi. Asosiy raqib – kupertinolik texnogigantning iPhone XS Max modeli esa 9 soatu 34 daqiqalik ko‘rsatkich bilan undan ustun keldi. Agarda Galaxy S10+ akkumulyatori 4100 mA/soatlik, iPhone XS Max batareyasi esa atigi 3174 mA/soatlik tok sig‘imiga ega ekanligini hisobga olsak, Apple flagmanining ustunligi ahamiyati yanada oshadi.

Lekin eng qizig‘i bu ham emas – «flagmanlar kushandalari»ni taqdim etuvchi xitoylik kompaniyaning OnePlus 6T modeli bu borada rekord o‘rnatgan – uning akkumulyatori 9 soatu 56 daqiqa ishlashga yetgan! Mana, turli flagmanlarning avtonomlik ko‘rsatkichlari bilan to‘liq tanishamiz:

Aytish kerakki, avtonomlik bo‘yicha rekordchi smartfon 2018 yil oktyabrning so‘ngida namoyish etilgan.

O‘QING: Xiaomi’ning «masxaraviy» reklamasi: u OnePlus 6T xaridorlariga kalkulyator tarqatyapti!

PhoneArena ekspertlari, shuningdek, ushbu flagmanlarning akkumulyatorlari qanchalik tez vaqt ichida to‘liq quvvatlana olishini ham tekshirishgan. Bunda iPhone XS Max eng oxirda qolgan – batareyasi naq 209 daqiqada to‘liq quvvatlanib ulgurgan. Galaxy S10+ akkumulyatorining to‘lishi uchun esa 99 daqiqa kifoya qilgan:

E’tibor bergandirsiz – batareyaning to‘lish tezkorligi bo‘yicha ham OnePlus 6T yetakchi – atigi 85 daqiqada uning «qornini to‘ydirish» mumkin! Bundan chiqdi, ro‘yxatga kiritilgan modellar orasida akkumulyatorining to‘lishi va quvvatining uzoq vaqtga yetishi bo‘yicha unga teng keladigani yo‘q!

O‘QING: VIDEO: 549 dollarlik OnePlus 6T tezkorroqmi yoki 749 dollarlik iPhone XR?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.