Galaxy S10 E (yoki S10 Lite) modelidan tashqari, yana bitta hamyonbop flagman – Galaxy S10 Mini ham bor ekan!

  •   DiMaX
  •  1857
  •  16.01.2019 18:08

Galaxy S10 E (yoki S10 Lite) modelidan tashqari, yana bitta hamyonbop flagman – Galaxy S10 Mini ham bor ekan!

Mobil qurilmalar uchun aksessuarlar ishlab chiqaruvchi Azuri kompaniyasi Smasung Galaxy S10 turkumidagi flagmanlarga atab tayyorlagan g‘iloflarining suratlarini e’lon qildi. Qizig‘i shundaki, ishlab chiqaruvchi bunda Galaxy S10 Mini modelini ham sanab o‘tgan!

O‘QING: Galaxy S10 Lite (yoki S10 E) kamida 128 GB xotiraga, Galaxy F buklama smartfoni esa naq 12 GB «operativka»ga ega!

Galaxy S10 E – yaqinlargacha turli xabarlarda Galaxy S10 Lite deb kelingan modelning nomi. Ammo Azuri ro‘yxatida undan tashqari yana Galaxy S10 Mini smartfoni ham borligi g‘alati. Shu paytgacha biror insayder Galaxy S10 Mini haqida umuman eslamagan. Shunga qaraganda, g‘ilofsoz kompaniya modellar qatori borasida adashib ketganligi ehtimoli yuqori.

Shuningdek, Azuri ushbu turkumning barcha modellari uchun tayyorlagan g‘iloflarining orqa tomonidan ko‘rinishi uchun aynan bitta tasvirning o‘zini qo‘llagan. Nima bo‘lganda ham, Samsung Galaxy S10 smartfonlarining rasmiy taqdimotigacha bu masalaga ham oydinlik kiritilsa kerak – bizni kuzatishda davom eting.

O‘QING: Galaxy S10+ ham Geekbench’da: yana bir karra uyat, Samsung, uyat!..

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!