Galaxy S10 flagmanlari «arzonladi»: rasmiy va «jonli» suratlar, barcha variantlari, ranglari, narxlari va yangi ma’lumotlar!

  •   DiMaX
  •  5689
  •  01.02.2019 17:47

Galaxy S10 flagmanlari «arzonladi»: rasmiy va «jonli» suratlar, barcha variantlari, ranglari, narxlari va yangi ma’lumotlar!

Samsung kompaniyasining Galaxy S10 turkumidagi flagmanlari haqida ko‘plab ma’lumotlar, ularning rasmlari tarqalmoqda. Hatto bu smartfonlarning qanday ranglarda sotuvga chiqishini hamda aniq narxlarini ham e’lon qilishgan.

O‘QING: Samsung Galaxy S10 smartfonlarining Yevropadagi narxlari ma’lum qilindi!

Kecha 91mobiles resursi Galaxy S10+ modelining suratini chop etdi; nashrning ta’kidlashicha, bu – biror dizaynerlik renderi emas, balki ishonchli manbadan olingan rasmiy suratdir.

Shuningdek, WinFuture resursi muharriri Roland Kvandt (Roland Quandt‏) mazkur turkumdagi ikkita – Galaxy S10 hamda Galaxy S10+ modellarining rasmiy suratlarini tarqatdi. Ularda bu smartfonlarning yonma-yon holatdagi, oldidan va orqasidan ko‘rinishlari aks etgan:

Bu yerda ikkala flagmanning o‘lchamlaridagi farqni yaqqol his etishimiz mumkin. Bundan tashqari, Galaxy S10 modelida ham kamera uch modulli ekanligi oydinlashdi; hozirgacha bu xususiyat faqatgina Galaxy S10+ variantiga tegishli, deb kelinardi.

O‘QING: Nihoyat, Samsung eng arzon Galaxy M10 va M20 smartfonlari taqdimotini o‘tkazdi!

Bu orada g‘ilofsoz Nimbus9 kompaniyasi ushbu turkum smartfonlari uchun Phantom 2 rusumli g‘iloflarni ham tayyorlab ulgurgan. Ularning «jonli» rasmlari esa uchala modeldagi smartfon ham quloqchin uchun 3.5 millimetrlik audiotirqishga ega ekanini ko‘rsatadi.

G‘iloflarning qutilarida yozilishicha, Galaxy S10 Lite (bu modelni Galaxy S10 E ham deyishgan) ekrani 5,8 dyuymlik, Galaxy S10 va S10+ esa tegishlicha 6,1 va 6,4 dyuymlik ekan.

Shuningdek, Galaxy S10 Lite g‘ilofining o‘ng tomonida barmoq izi skaneri uchun o‘yiq ochilgan, qolgan ikkala modelda esa mazkur datchik ekranning o‘ziga integratsiya qilinadi.

O‘QING: Samsung’ning 5G-modeli va Galaxy F buklama smartfoni ilk rasmiy reklama videosida!

Bulardan tashqari, MySmartPrice nashri uchala modeldagi Galaxy S10 turkumi smartfonlarining xotira variantlari, ularning aniq narxlari hamda korpusining ranglarini e’lon qilgan:

Shunday qilib, Galaxy S10 turkumiga mansub, barcha konfiguratsiyalardagi smartfonlarning Yevropadagi narxlari va ranglari quyidagicha:

  • Galaxy S10 S10 Lite 6/128 GB – 749 yevro; sariq, qora, yashil, oq (keyinroq ko‘k ranglisi ham chiqadi);
  • Galaxy S10 6/128 GB – 899 yevro; qora, yashil, oq, ko‘k;
  • Galaxy S10 8/512 GB – 1149 yevro; qora, yashil, oq, ko‘k;
  • Galaxy S10+ 6/128 GB – 999 yevro; qora, yashil, oq, ko‘k;
  • Galaxy S10+ 8/512 GB – 1249 yevro; qora, yashil, oq, ko‘k;
  • Galaxy S10+ 12 GB/1 TB – 1499 yevro; oq keramika, qora keramika.

Janubiy koreyalik gigant Galaxy S10 turkumidagi flagmanlarini 20 fevralda rasman taqdim qilishi kutilmoqda. Hozirgacha bozorga chiqqan ayrim Samsung smartfonlarini esa 949 000 so‘mdan boshlangan narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish mumkin.

O‘QING: Terashop.uz’da Samsung smartfonlari narxlari (2019 yil 30 yanvar) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!