Galaxy S10 hamda S10 Lite ilk «jonli» va sifatli rasmlarda!

  •   DiMaX
  •  3660
  •  29.12.2018 11:08

Galaxy S10 hamda S10 Lite ilk «jonli» va sifatli rasmlarda!

Mobil qurilmalar sanoatida taniqli insayder Ice Univerce o‘zining Twitter-sahifasida ikkita yangi surat e’lon qildi. Bular Galaxy S10 turkumining ikkita modeldagi smartfonlari rasmlaridir.

O‘QING: «JONLI» VIDEO: Galaxy S10 ekrani «tirqish»idagi old kamera ko‘p funksiyali LED-chiroq bilan o‘ralgan!

Ulardan birinchisi – standart Galaxy S10 modelining orqa tomonidan «jonli» olingan rasmi bo‘lib, unda asosiy kameraning uch modulli kamerasi yaqqol ko‘rinib turibdi.

Janubiy koreyalik texnogigantning Galaxy S10 flagmani hamda uning «plyusli» versiyasi uchtalik bosh kameraga ega bo‘lishi aytilmoqda.

O‘QING: Ishlayotgan holdagi Galaxy S10’ni ilk bor «jonli» tomosha qilamiz!

Ice Univerce ko‘rsatgan ikkinchi rasm esa «jonli» surat emas, balki sifatli ishlangan konsept-art hisoblanadi. Unda «kichkina» modeldagi Galaxy S10 Lite aks ettirilgan. Smartfon shaffof silikon g‘ilofda, simsiz quvvatlash uskunasi ustida tasvirlangan.

Render-suratga ko‘ra, Galaxy S10 Lite ekrani chetlari qayrilmagan – yassi, old kamera uchun «tirqish» ochilgan. Korpusning pastki qirrasida quvvatlash tirqishi hamda 3,5 millimetrlik audiotirqish ham ko‘zga tashlanadi.

Galaxy S10 turkumidagi smartfonlarning taqdimot va sotuv vaqtlari, hatto aniq narxigacha e’lon qilganmiz. Allaqachon bozorga chiqarilgan ba’zi Samsung smartfonlarini esa Terashop.uz internet-do‘konimizdan 861 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda onlayn usulda xarid qilish mumkin.

O‘QING: «To‘rtko‘z» Galaxy A9 ham Terashop.uz’ga yetib keldi, Samsung smartfonlarining arzonlashgan narxlari (2018 yil 10 dekabr) – O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!