Galaxy S10’lardan tashqari, Samsung yana 5G’da ishlovchi olti kamerali yubiley flagmanini ham tayyorlamoqda!

  •   DiMaX
  •  1474
  •  21.11.2018 09:32

Galaxy S10’lardan tashqari, Samsung yana 5G’da ishlovchi olti kamerali yubiley flagmanini ham tayyorlamoqda!

Samsung kompaniyasi yaqinda qayishqoq ekranli buklama smartfonining prototipini namoyish etdi. Endi esa u Galaxy S10 turkumidagi flagmanlariga jiddiy e’tibor qaratmoqda.

O‘QING: Muhim texnologiyadan mahrum etilayotgan Galaxy S10 dizaynini rasmiy proshivka «sotib qo‘ydi»

Manbalarning xabar berishicha, Galaxy S10 turkumidagi modellar janubiy koreyalik gigantning yubiley smartfoni bo‘lmaydi. Samsung o‘zining o‘n yilligini odatdagi turkumlardan alohida bir flagman bilan nishonlamoqchi va uni Beyond X kodli nomi ostida tayyorlamoqda. The Wall Street Journal nashri ushbu qurilma haqidagi dastlabki ma’lumotlarni oshkor etdi.

Yubiley smartfoni katta ekranga ega – diagonaliga taxminan 6,7 dyuymlik. Bundan tashqari, Beyond X kameralaridagi sensorlar soni naq oltita: asosiy kamera to‘rt modulli, selfi-kamera esa ikki datchikli bo‘ladi. Bu esa smartfonga yanada sifatli suratlar olishga hamda dasturiy ta’minot darajasida tasvirdagi sahnalarni «tanib olish»ga yordam beradi.

Aytish kerakki, Samsung allaqachon bunday kameralar tizimini Galaxy A9 modelida sinab ko‘rgan.

O‘QING: Nihoyat, to‘rt modulli kameraga ega ilk smartfon – Samsung Galaxy A9 taqdim etildi!

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, Samsung o‘zining Galaxy S10 turkumidagi flagmanlariga imkon qadar kam yangiliklar joriy etayotganiga aynan shu Beyond X sababchi. Ya’ni, kompaniya asosiy syurprizlarini yubiley superflagmani uchun asrab turibdi. Uning asosiy o‘ziga xosligi esa beshinchi avlod – 5G uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlashi bo‘ladi.

Demak, 2019 yilning fevralida Samsung uchta modeldagi Galaxy S10 smartfonlarini namoyish qiladi. Oradan taxminan bir oycha vaqt o‘tib, kompaniyaning haqiqiy flagmani – Beyond X yubiley modeli taqdim etiladi.

Bulardan tashqari, janubiy koreyalik texnogigant hali kelasi yilning boshida buklama smartfonining to‘laqonli taqdimotini o‘tkazishi kutilmoqda. Yilning ikkinchi yarmida esa u yangi fableti – Galaxy Note 10’ni namoyish etadi. Demak, 2019 yilda Samsung jami oltita flagman smartfon taqdim etadi!

Kompaniyaning dunyo bozoriga chiqarilgan turli rusumlardagi boshqa smartfonlarini esa Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: Terashop.uz’da Samsung smartfonlari narxlari (2018 yil 7 noyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul eltib beriladi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!