Galaxy S10 lineykasi iPhone XS, XS Max va XR modellar qatoridan nusxa olgan

  •   Saroy
  •  1990
  •  25.10.2018 17:05

Galaxy S10 lineykasi iPhone XS, XS Max va XR modellar qatoridan nusxa olgan

Yangi mish-mishlar Samsung Galaxy S10 haqiqatan ham uchta variantda chiqishini tasdiqlamoqda. Uchchalasi ham uchta iPhone’ga o‘xshash bo‘ladi. Samsung Galaxy S10 Plus iPhone XS Max’ning anologi (o‘lchami bir xil).

Galaxy S10 (taxminan iPhone XS’ni takrorlagan) va eng oddiy varianti bo‘lmish, Galaxy S10 64 GB ichki xotiraga ega bo‘ladi va u iPhone XR bilan raqobatlashadi. Shunday qilib, qarshingizda uchta model:

O‘QING: Samsung Galaxy A9S va Galaxy A6S smartfonlari haqida qiziqarli ma’lumotlar

  • 5,8-dyuymli yassi displey, yonboshida barmoq izlari skaneri va modem 4G
  • 5,8-dyuymli egilgan displey, ekranida barmoq izlari skaneri va modem 5G
  • 6,4-dyuymli egilgan displey, ekranida barmoq izlari skaneri, modem 5G

Yana boshqa mish-mishlarga qaraganda,  «byudjetli» Galaxy S10 narx bo‘yicha iPhone XR’ga yaqin, ya’ni 750 dollar. «O‘rtacha» Galaxy S10 ming dollar. S10 Plus esa, ehtimol bir ming bir yuz bo‘lar. Kutilishicha, Samsung yangi flagman lineykasini 2019 yil 24 fevralda taqdim etadi, Taqdimotdan bir hafta o‘tgach  do‘kon peshtaxtalariga chiqariladi.

O‘QING: Samsung Galaxy Note 10 haqida ilk ma’lumotlar e’lon qilindi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!