Galaxy S10 Lite namoyish qilindi: SD855 chip, uchtalik kamera va antiqa dizaynli salkam flagman

Galaxy S10 Lite namoyish qilindi: SD855 chip, uchtalik kamera va antiqa dizaynli salkam flagman

Samsung’ning yarzonlashtirilgan flagmani –  Galaxy S10 Lite modeli haqida turli xabarlar chiqsa-da, kompaniyaning o‘zi jim edi. Shu va Galaxy Note 10 Lite modellari CES 2020 ko‘rgazmasida taqdim etilishi kutilayotgandi, ammo...

Kutilmaganda kecha – 3 yanvar kuni janubiy koreyalik texnogigant ushbu ikki smartfonini rasman namoyish etdi. Garchi bular flagmanlarning “yengillashtirilgan” versiyalari bo‘lishi ko‘zda tutilgan esa-da, ayrim xususiyatlariga ko‘ra ular Galaxy S10 va Galaxy Note 10 modellaridan ustunlikka ham ega. 

Galaxy Note 10 Lite haqida sal keyinroq alohida maa’lumot beramiz, hozircha esa Galaxy S10 Lite bilan tanishamiz...Ekranning yuqori tomon markazida xuddi Galaxy Note10'lardagi kabi aylana tirqishli old kamera joylangan.

Biroq orqa kameralar dizayni butunlay yangicha uslubda ishlangan: uchta kamera to‘rtburchak blok ichiga joylangan, linzalar blokning chap tomonida, LED chirog‘i esa o‘ng tomoniga qo‘yilgan. Buni ideal yechim deb bo‘lmaydi, biroq yomon ham emas.

Qurilmaga 7 nanometrli Snapdragon 855 chipi o‘rnatilgan bo‘lib, sakkiz yadroli asosiy protsessorning klasterlari 2.8GHz, 2.4GHz va 1.7GHz chastotalarda ishlaydi. Bu platformaga 6GB yoki 8GB lik tezkor, 128GB lik doimiy xotira sig‘imi sherik qilingan. microSD karta uyasi ham mavjud bo‘lib, 1TB gacha bo‘lgan sig‘im qo‘llab-quvvatlanadi.

Yangi model hajmi 75,6×162,5×8,1 mm bo‘lsa, vazni 186 grammni tashkil qiladi.

Kameralarga to‘xtaladigan bo‘lsak, uch kamerali modul tarkibidagi asosiy linza 48 megapikselli bo‘lib, f/2.0 aperturaga ega. 123 daraja ko‘rish maydoniga ega 12MP ultra-keng burchakli linza esa f/2.2 aperturalidir. Trioning eng so‘nggi vakili esa 5 megapikselli makro kameradir. Aylana tirqishli old kamera esa 32 megapiksel rezolyusiya va f/2.2 diafragmaga ega qilib jihozlangan.

Samsung ushbu smartfonda misli ko‘rilmagan Super Steady OIS texnologiyasidan foydalangan va bu hozirgi flagmanlarnikidan yaxshiroq.

S10 Lite'ga, shuningdek, 6.7 dyuymli Full HD+ (2400x1800 piksel) tiniqlikdagi Super AMOLED panel qo‘yilgan bo‘lib, uning forma-faktori 20:9 ga teng. Barmoq izi skaneri ekran ostiga joylangan.Butun qurilmaga quvvat berib turuvchi 4 500 mA/soat sig‘imli akkumulyator esa 25 vattli tezkor quvvatlanish imkoniyatiga ega. Bu gadjet 95 daqiqada to‘liq quvvat oladi, deganidir.

Yangi smartfon Prism White, Prism Black yoki Prism Blue ranglarida sotuvda bo‘ladi. Savdolar birinchi chorak oxiriga qadar boshlanadi, devays narxi 649 yevroni tashkil qiladi.

Qurilmaning barcha jihatlarini inobatga olib, "S10/S10+ lar “Lite“mi yoki S10 Lite “Lite“mi?“ deb ikkilanib qolasan kishi.

O‘QING: Ha, navbatdagi Galaxy'lar haqida adashmagan ekanmiz!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!