Galaxy S10 Lite taqdimotdan avval Geekbench’da test topshirdi. Uyat, Samsung, uyat!..

  •   DiMaX
  •  4217
  •  09.01.2019 12:14

Galaxy S10 Lite taqdimotdan avval Geekbench’da test topshirdi. Uyat, Samsung, uyat!..

Samsung kompaniyasi joriy yilning fevralida Galaxy S10 turkumidagi smartfonlarini taqdim etishi kutilmoqda. Ulardan ikkitasi avvalroq benchmarkda tekshirib ko‘rilgan edi.

O‘QING: ILK BOR: Galaxy S10 Lite hamda Galaxy S10+ benchmarkda «ko‘rindi»!

Endi esa Samsung Galaxy S10 Lite birinchi marta eng mashhur va ishonchli benchmarklardan biri – Geekbench servisida imtihon topshirdi. Ma’lumotlar bazasida qayd etilganidek, u eng ilg‘or Snapdragon 855 protsessori, 6 gigabaytlik tezkor xotira va Android 9.0 Pie tizimi bilan ta’minlangan.

Lekin mazkur smartfonning samaradorlik ko‘rsatkichlari hayratlanarli darajada past chiqqan! Yakka yadroli testda u 1986 ball olgan bo‘lsa, barcha yadrolar ishtirokidagi sinovda 6266 ball to‘plagan, xolos.

O‘QING: AnTuTu: Android-smartfonlarning yangi «qirol»i chindan ham Apple’ning so‘nggi flagmanlaridan zo‘rmi?

Mana, Samsung Galaxy S10 Lite natijalari quyidagicha:

Ehtimol, Geekbench’da uning yakuniy namunasi emas, balki hali oxiriga yetmagan prototipi tekshirib ko‘rilgandir. Lekin baribir Snapdragon 855 chipli smartfon uchun yuqoridagi ko‘rsatkich o‘ta uyatlidir. Masalan, xuddi shu chipga asoslangan Sony Xperia XZ4 mazkur benchmarkda 12 800 ball olgan. To‘g‘ri, yaponlarning smartfoni 8 gigabaytlik «operativka»ga ega, ammo bu 2 gigabaytgagina yuqori, benchmark natijalarida oradagi farq esa naq ikki baravar-da!

O‘QING: 2019 yil boshidagi eng kuchli o‘nta smartfon (AnTuTu reytingi): uloqni endi yana bir xitoylik ilib ketdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!