Galaxy S10 Lite (yoki S10 E) kamida 128 GB xotiraga, Galaxy F buklama smartfoni esa naq 12 GB «operativka»ga ega!

  •   DiMaX
  •  1334
  •  14.01.2019 09:59

Galaxy S10 Lite (yoki S10 E) kamida 128 GB xotiraga, Galaxy F buklama smartfoni esa naq 12 GB «operativka»ga ega!

Samsung kompaniyasining Galaxy S10 turkumidagi yangi flagmanlari haqida tobora ko‘proq ma’lumotlar chiqayotir. Ushbu turkumning «kichik» modeli S10 Lite emas, balki S10 E deb nomlanishi va u eng kutilayotgan muhim funksiyadan mahrum etilgani haqida yozganmiz.

O‘QING: Galaxy S10 Lite taqdimotdan avval Geekbench’da test topshirdi. Uyat, Samsung, uyat!..

Yangi «sizib chiqqan» xabarlarga ko‘ra, Galaxy S10 E modeli faqat bitta modifikatsiyada chiqarilar ekan. Ammo uyam e’tiborga loyiq: 4 gigabaytlik tezkor va naq 128 gigabaytlik doimiy xotira!

Smandart model bo‘lgan Galaxy S10 flagmani esa 6 gigabaytlik «operativka»ga, 128 yoki 256 gigabaytlik flesh-xotiraga ega talqinlarda taqdim etiladi. Galaxy S10 Plus bo‘lsa «operativka»si 6 va 8 gigabaytlik, ichki xotirasi bo‘lsa 128, 256 va 512 gigabaytlik talqinlarda chiqariladi.

5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi Galaxy S10 Plus modelini esa 8 yoki 12 GBlik tezkor hamda 256 GBdan to 1 terabaytgacha doimiy xotiraga ega talqinlarda olish mumkin bo‘ladi.

Bulardan tashqari, insayderning ta’kidlashicha, Samsung kompaniyasining Galaxy F buklama smartfoni faqat bir xil – naq 12 gigabaytlik tezkor xotiraga ega. Ushbu flagman ichki xotirasi 512 gigabaytlik hamda 1 terabaytlik variantlarda sotuvga chiqariladi.

Darvoqe, mazkur flagmanlarning barchasida yangi avlod – LPDDR5 turiga mansub tezkor xotira qo‘llanadi.

O‘QING: Samsung tasodifan o‘z rasmiy saytida Galaxy S10 suratini chiqardi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.