Galaxy S10+ naq oltita kamerali ekan! («Jonli» surat va video)

  •   DiMaX
  •  2938
  •  05.12.2018 07:54

Galaxy S10+ naq oltita kamerali ekan! («Jonli» surat va video)

Samsung kompaniyasi kelasi yilning fevralida taqdim etishni rejalashtirayotgan o‘ninchi avlod Galaxy S flagmanlari uchta modeldan iborat. Ulardan tashqari, yana beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ida ishlovchi versiyasi ham bo‘ladi.

O‘QING: EKSKLYuZIV VIDEO: 5G tarmog‘ida ishlayotgan Galaxy S10’ni «jonli» tomosha qilamiz!

Taqdimot yaqinlashgani sayin ushbu qurilmalar haqida tobora aniqroq ma’lumotlar chiqishda davom etmoqda. Jumladan, Galaxy S10+ ekrani himoya shishasining «jonli» surati tarqaldi:

Ko‘rib turganingizdek, ushbu modelda old kamera qo‘shaloq bo‘ladi va displeydagi oval shaklli «teshik»da joylashadi!

Darvoqe, xuddi shunday – «tirqish»li ekranga ega smartfonni birinchi bo‘lib taqdim etish borasida xitoylik bir kompaniya Samsung’ni ham, Huawei’ni ham dog‘da qoldirdi...

O‘QING: Nihoyat, Samsung ham ekrani «tirqish»li Galaxy A8s’ni taqdim etyapti – Huawei’ga yo‘l bo‘lsin!

Bundan tashqari, deyarli hech qachon adashmaydigan mashhur insayder OnLeaks ushbu flagman haqidagi ma’lumotlar asosida uning videorenderini yaratdi. Mana, uni birga tomosha qilamiz:

Yangi videoga ko‘ra, Samsung Galaxy S10+ asosiy kamerasi naq to‘rtta ob’yektivni o‘z ichiga oladi, demak – jami oltita ob’yektiv! Shuningdek, smartfon korpusining o‘lchamlari ham aytilgan – 157,5x75x7,8 millimetr.

Bu kabi ma’lumotlarning haqiqatga qanchalik to‘g‘ri kelishini navbatdagi insayderlik xabarlaridan bilib olaveramiz. Samsung’ning allaqachon bozorga taqdim etilgan ayrim smartfonlarini esa Terashop.uz internet-do‘konimizdan 899 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda onlayn usulda sotib olish mumkin.

O‘QING: Chegirmali Samsung smartfonlarining Terashop.uz’dagi narxlari (2018 yil 21 noyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!