Galaxy S10’ning ishlayotgan holdagi «jonli» suratlari Samsung’ning yangi servisini fosh etdi!

  •   DiMaX
  •  1173
  •  24.01.2019 09:34

Galaxy S10’ning ishlayotgan holdagi «jonli» suratlari Samsung’ning yangi servisini fosh etdi!

Samsung kompaniyasi Galaxy S10 turkumidagi flagmanlari bilan birga bir nechta yangi servislarini ham taqdim etishi kutilayotir. Slashleaks resursi e’lon qilgan navbatdagi «jonli» rasm va skrinshot ham buning yaqqol dalilidir.

O‘QING: Galaxy S10+’ning global versiyasi Geekbench testida Samsung’ni sharmanda qildi!

Yoqiq holdagi Galaxy S10 ekranida yangi – Samsung Blockchain Keystore bo‘limi ochiq turibdi. Bu – kompaniya hali rasman namoyish etmagan blokcheyn-servis bo‘lib, kriptovalyuta va uning kalitlarini saqlash, elektron hamyonlarni boshqarish kabilar uchun mo‘ljallangan.

Aytish kerakki, o‘tgan yilning dekabrida janubiy koreyalik gigant Blockchain KeyStore savdo belgisini ro‘yxatdan o‘tkazgan. Uning dasturiy ta’minot va smartfonlar bilan bog‘liqligi ma’lum bo‘lsa-da boshqa tafsilotlari noma’lum edi.

Smartfonning o‘ziga kelsak, fotosuratda uning asosiy xususiyatlaridan biri – Infinity-O displeyi aks ettirilgan.

Samsung Galaxy S10 flagmanlari 20 fevralda taqdim etiladi, shu bilan birga ularning anchagina qimmat bo‘lishi ham ma’lum.

O‘QING: Samsung Galaxy S10 smartfonlarining Yevropadagi narxlari ma’lum qilindi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.