Galaxy S10 xaridorlariga – hali taqdim etilmagan Galaxy Buds simsiz quloqchini sovg‘a!

  •   DiMaX
  •  1488
  •  09.02.2019 14:56

Galaxy S10 xaridorlariga – hali taqdim etilmagan Galaxy Buds simsiz quloqchini sovg‘a!

Janubiy koreyalik texnogigantning Galaxy S10 turkumidagi smartfonlari taqdimoti yaqinlashgani sayin ular haqida ko‘proq ma’lumotlar chiqyapti. Navbatdagi aniqlangan tafsilotlar esa Samsung’ning hali rasman ma’lum bo‘lmagan bitta aksessuarini ham fosh etdi.

O‘QING: Galaxy S10e – eng arzon Samsung flagmanini ilk bor ishlayotgan holda «jonli» tomosha qiling!

Galaxy Unpacked tadbiriga bag‘ishlangan rasmiy saytning rus tilidagi sahifasida marosimning ochilish vaqtigacha qolgan muddatni ko‘rsatuvchi teskari hisob joriy etilgan. Ammo sahifaning oddiy foydalanuvchilar ko‘ra olmaydigan kodini o‘rganib chiqqan dasturchilar unda yanada qiziq ma’lumotlarga duch kelishdi.

Masalan, Galaxy S10 smartfonlari uchun oldindan buyurtma olish ular rasman namoyish etilgan kuniyoq ochiladi. Shuningdek, avvaldan buyurtma beruvchilar uchun sovg‘a ham bor ekan!

Yuqoridagi rasmda belgilab ko‘rsatilgan joyida: «Yangi flagman uchun hoziroq oldindan buyurtma rasmiylashtir va Galaxy Buds simsiz quloqchinini sovg‘a tarzida ol», deb yozilgan. Qizig‘i shundaki, ushbu aksessuar hali rasman taqdim etilmagan ham!

Demak, Galaxy Buds simsiz quloqchini ham Galaxy S10 smartfonlari bilan birga taqdim etiladi. Bu boradagi yangiliklarni biz bilan kuzatishda davom eting.

Darvoqe, ungacha ayrim Samsung smartfonlarini 949 000 so‘mdan boshlangan narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish mumkin, tag‘in aksiyasi ham bor...

O‘QING: Qarshi oling: Terashop.uz’da «Bahoriy kayfiyat» aksiyasi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!