Galaxy S10e avtonomligini ham iPhone XR bilan solishtirib ko‘rishdi. Afsus...

  •   DiMaX
  •  2202
  •  11.03.2019 10:44

Galaxy S10e avtonomligini ham iPhone XR bilan solishtirib ko‘rishdi. Afsus...

Samsung kompaniyasi yaqinda o‘ninchi avlod flagman smartfonlari seriyasida uchta – Galaxy S10, Galaxy S10+ hamda Galaxy S10e modellarini taqdim etgandi. Bulardan eng kattasining akkumulyatorini – to‘lish muddati va qanchalik uzoq vaqtga yetishi bo‘yicha tekshirib ham ko‘rishgan.

O‘QING: Galaxy S10+ avtonomlikda iPhone XS Max’ga yengildi, lekin ikkalasini ham boshqa xitoylikning bulturgi flagmani «yer tishlatdi»!

Endi esa Phone Arena nashri ekspertlari xuddi shu usulda mazkur turkumning «kenjatoy»i – Galaxy S10e modelini ham sinab ko‘rishdi. Aytish kerakki, ushbu model kupertinolik texnogigantning iPhone XR smartfoniga asosiy raqib hisoblanadi. Lekin avtonomligi bo‘yicha u 2018 yilgi eng arzon ayfonga teng kelish uyoqda tursin, deyarli bir yarim baravarga ortda qoldi!

Mana, test natijalarini ko‘ramiz:

Guvohi bo‘layotganingizdek, avtonomlik borasida iPhone XR nafaqat asosiy raqobatchisi – Galaxy S10e smartfonidan, balki Samsung’ning Galaxy S10+ hamda Galaxy Note 9 kabi flagman modellaridan ham ustun kelgan! «Kichkina» ayfonga bu yo‘nalishda salgina yaqinlashgan model esa xitoyliklarning OnePlus 6T flagmani bo‘lgan, xolos!

Eslatib o‘tamiz, Terashop.uz internet-do‘konimizdan turli rusumlardagi iPhone’larni 2 020 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda xarid qilish, Samsung smartfonlarini esa 859 000 so‘mdan boshlangan narxlarda sotib olish imkoni bor. Ayniqsa, hozirda mazkur internet-do‘kondan xarid qilsangiz, «Bahor kayfiyati» aksiyasi doirasida yutuqqa ham ega bo‘lishingiz mumkin!

O‘QING: Hamyonbop Galaxy A20e, Galaxy A40 va Galaxy A90 taqdimoti yaqin – ular allaqachon Samsung saytiga chiqdi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!