Galaxy S11+ flagmanining birinchi rasmiy surati e’lon qilindi!

  •   DiMaX
  •  2729
  •  16.12.2019 10:56

Galaxy S11+ flagmanining birinchi rasmiy surati e’lon qilindi!

Avvalroq biz Samsung tayyorlayotgan Galaxy S11, Galaxy S11e hamda Galaxy S11+ flagmanlarining dizaynini fosh etuvchi ilk «jonli» rasmlarni chiqargan edik. Endi esa ulardan eng zo‘rining birinchi rasmiy tasviri paydo bo‘ldi.

O‘QING: Galaxy S11 flagmanlari ertaroq namoyish etiladi – MWC 2020’ni ham kutmaymiz!

Ice Universe nikli mashhur tarmoq informatori Samsung Galaxy S11+ modelining rasmiy suratini e’lon qildi. Aniqrog‘i – Samsung unda flagmanning faqat bosh kameraning yarmini va korpusning shu qisminigina ko‘rsatgan:

Bosh kameraning barcha datchiklari bitta kvadrat yoki to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi blokka birlashtirilishi va ulardan asosiylari tikkasiga joylanishi aniq bo‘ldi. Rasmiy tasvirda aks etgan uchta modul – 108 megapiksellik asosiy sensor, keng burchakli modul hamda periskop kameradir.

Kamera blogining Samsung hozircha yashirib qo‘ygan qismida yorug‘lik-diodli fotochaqnoq va ToF-kamera o‘rnatilganligi aniq, yana beshinchi kamera datchigi ham bo‘lishi mumkin.

O‘QING: Samsung kompaniyasi 108 MPlik kamera borasida Xiaomi’ni boplagan ekan!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!