Galaxy S11'lardagi beshinchi kameraning vazifasi aniq bo‘ldi

Galaxy S11'lardagi beshinchi kameraning vazifasi aniq bo‘ldi

Oxirgi paytlarda Samsung Galaxy S11 oilasi haqida ko‘plab ma’lumotlar sizib chiqmoqda. Qurilmalarning oshkor bo‘lgan jihatlaridan eng so‘nggisi Yevropa Ittifoqi Intellektual mulk agentligiga patentlash uchun topshirilgan hujjatdir.Hujjatda "Yorqin tun" deb nomlangan yangi kamera sensori haqida yozilgan. Unga ko‘ra, yangicha linza smartfon va planshetlarga o‘rnatiladi. Ushbu yangilik tungi fotografiya va video yozuv uchun maxsus yaratilgan, butunlay yangicha kamera sensori bo‘lib, Galaxy S11 seriyasida debyut qilinishi mumkin.

To‘g‘ri, Galaxy S10 va Note10'larda "Yorqin tun" deb nomlangan maxsus kamera rejimi bor, lekin S11'dan boshlab bu rejim uchun maxsus qurilmaviy ta’minot ham o‘rnatiladigan ko‘rinadi. 

S11e, S11 va S11+ flagmanlarining renderlarini ko‘rgan edik. Tasvirlarga ko‘ra, kamera moduli bo‘rtmasi to‘rtburchak shaklda bo‘lib, undagi beshta linzaning birinchisi 108MP asosiy kamera bo‘ladi. Uyada 5 karra optik zum hosil qilish imkoniga ega periskop linzasi ham bo‘ladi.

S11 modellarining har uchalasida lazerli avtofokus ham bo‘lib, qurilmalar 8K tiniqlikda video yozish imkoniga ega bo‘ladi. Kameraning sizdirilgan jihatlari ro‘yxatida Director's View, Night Hyperlapse, Single Take Photo va Vertical Panorama rejimlari ham mavjud. 

Shunday qilib, yangi Samsung flagmanalarida kamera anchayin takomillashgan bo‘lishi kutilmoqda. 

O‘QING: Samsung Galaxy S11+ Geekbench'da o‘z kuchini ko‘rsatdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.